Dissertatsiyasi himoyasi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.Fil.09.07 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2026-yil 06-mart soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi
Kun tartibi:
1. Nurmuxammedov Yusuf Shakarboyevichning 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek, turk va ispan milliy-madaniy dunyoqarashining frazeologik sath birliklarida reprezentlashuvi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi.
2. Har xil masalalar.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 93. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-axborot resurslar markazi faollar zali.

