Xalqaro yozgi maktab – 2026 | IIT Bombay (Hindiston)
Hindistonning nufuzli texnologiya instituti (IIT Bombay) International Summer School – 2026 dasturiga qabul boshlanganini e’lon qiladi. Dastur 2026-yil 6-iyuldan 10-iyulgacha IIT Bombay kampusida an’anaviy (offline) shaklda bo‘lib o‘tadi.
Dastur universitetning yetakchi professorlari tomonidan ishlab chiqilgan kurslarni taklif etadi va unda xorijiy bakalavr, magistr hamda tayanch doktorantura (PhD) talabalari ishtirok etishlari mumkin. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.
Arizalar muddati: 2026-yil 28-fevralgacha (Hindiston vaqti bilan 23:59 gacha)
Ro‘yxatdan o‘tish badali: 150 AQSh dollari
O‘quv jarayoni: Kurs davomiyligi – 20 akademik soat (Kamida 80% darslarda qatnashish majburiy)
Sertifikat: Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga rasmiy sertifikat beriladi.
Saralash shartlari:
- Har bir ishtirokchi faqat bitta kursga qabul qilinishi mumkin.
- Arizada 3 tagacha qiziqtirgan kursni ko‘rsatish imkoniyati mavjud.
- Yakuniy taqsimot professorlar tomonidan amalga oshiriladi.
- Saralash natijalari 2026-yil 30-martgacha e’lon qilinadi.
Ayrim kurslar maxsus bilim darajasini (prerequisites) talab qilishi mumkin. Arizadan oldin kurs tavsifi bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
IIT Bombay ishtirokchilarni quyidagilar bilan ta’minlaydi:
- Kampus hududida bepul turar joy.
- Kuniga uch mahal ovqatlanish (nonushta, tushlik, kechki ovqat).
- Yashash davri: 2026-yil 5-iyuldan 12-iyulgacha.
Ishtirok etish istagida bo‘lganlar rasmiy ro‘yxatdan o‘tish havolasi orqali ariza topshirishlari lozim:
Qo‘shimcha ma’lumot uchun universitet xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

