Ochiq dars
Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi o’qituvchisi Otabek Ne'matov Biokimyo instituti Kimyo muhandisligi yo’nalishi 201-guruh talabalariga “Elektrotexnika va elektronika” fanidan “Bir va ikki yarim davrli to'g'irlagichlarni tekshirish (o'rganish).” mavzusida ochiq dars o’tadi.
Dars 2026-yil 18-fevral kuni, 1-2 juftlik soat 09:00 da Muhandislik fizikasi institutining 309-xonasida boshlanadi. Darsga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.

