Ochiq dars
Samarqand davlat universiteti Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi professori Mahfuza Davronova Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti 305-306-guruh talabalariga "Badiiy tahlil asoslari" fanidan "Badiiy tahlilning asosiy yo'nalishlari" mavzusida ochiq dars o'tadi.
Dars, 2026-yil 30-yanvar kuni, soat 09:00 da institutning B 105-xonasida boshlanadi.

