Chonnam Milliy Universiteti 2026-yilgi Xalqaro yozgi maktabi (Janubiy Koreya)
Yozni Janubiy Koreyada o‘tkazing! Dunyo bo‘ylab talabalarni birlashtiruvchi to‘rt haftalik akademik va madaniy CNU International Summer School 2026 dasturida ishtirok eting.
Dastur sanalari: 2026-yil 29-iyun – 24-iyul
O‘tkazilish joyi: Gvangju shahri, Koreya Respublikasi
Akademik kreditlar: 6 kreditgacha
Nima uchun ishtirok etish kerak?
• CNU va hamkor universitetlarning yetakchi professorlaridan ta’lim olish;
• Kunduzgi darslar (kuniga 3 soat, chorshanba – dam olish kuni);
• Dastur ham bakalavr, ham magistrantlar uchun ochiq;
• Har bir kurs uchun 3 kredit (maksimal 2 ta kurs);
• Koreya madaniyatiga sho‘ng‘ish va sayohatlar;
• Yangi tanishuvlar va netvorking.
Dasturning asosiy afzalliklari:
• Oliy o‘quv yurtingizga yuboriladigan rasmiy akademik ma’lumotnoma (transkript);
• Qo‘llab-quvvatlash va madaniy almashinuv uchun “CNU Buddy” dasturi;
• Zamonaviy infratuzilma: fitnes zal, o‘quv xonalari, dam olish zonalari, kompyuter xonalari va boshqalar.
Ishtirok etish narxi:
• Hamkor OTM talabalari (nominantlar): 1 500 000 KRW (800 000 KRW miqdoridagi avtomatik stipendiyani o‘z ichiga oladi);
• Hamkor bo‘lmagan OTM talabalari (yoki mustaqil nomzodlar): 2 300 000 KRW;
• Ro‘yxatdan o‘tish badali: 150 000 KRW (qaytarilmaydi).
Onlayn ariza topshirish muddatlari va havolalar:
• Nominatsiya: 2026-yil 20-martgacha
Havola – https://international.jnu.ac.kr/Program/StdNomination.aspx
• Ariza topshirish: 2026-yil 27-martgacha
Havola – https://international.jnu.ac.kr/Program/ApplyInExProgarm.aspx?mode=summerSession
Dastur haqida batafsil ma’lumot: https://international.jnu.ac.kr/Inbound/SummerSchool/OverView
Qo‘shimcha ma’lumot uchun universitet xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qilishiungiz mumkin.
Nomzodlar (nominantlar) fakultet va institutlar tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘limiga taqdim etilgan rasmiy bildirishnomalar asosida qabul qilinadi.
O‘qing! Sayohat qiling! Rivojlaning!

