Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dotsenti  Sattorov Sergiy Abdiyevichning Muhandislik fizikasi instituti "Intellektual muhandislik tizimlari" yo‘nalishi 307-guruh talabalariga “Avtomatik boshqarish nazariyasi” fanidan “Chiziqli avtomatik boshqarish tizimlarining sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish” mavzusida ochiq dars o‘tkazadi.

    Dars 2026-yil 23-yanvar kuni, 2-juftlik soat 10:30 da institutning 304-xonasida boshlanadi. Darsga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.