Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi assistenti, Haydarov Dilovar Yaqubovich Biologiya turlar  ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 207-guruh talabalariga Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanidan   “Laboratoriya qoidalari, tajriba usullari va asbob uskunalar bilan tanishish. Asab-mushak preparatini tayyorlash. Galvani tajribalari (I va II-tajribalar)” mavzusida laboratoriya mashg‘uloti bo‘yicha ochiq dars o‘tadi.

          Dars  mashg‘uloti 21- yanvar kuni Biokimyo instituti Vivariy laboratoriyasi 15-xonada, soat 15:20 da boshlanadi. Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.