Turkiya davlat granti – “Türkiye Burslari 2026” dasturiga qabul e’lon qilindi
Turkiyaning yetakchi universitetlarida tahsil olish uchun grantlar qabuli boshlandi. Dastur xorijiy talabalarning bakalavr, magistr va fan doktori darajalarini olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini to‘liq qoplaydi.
Grantning afzalliklari:
Bepul o‘qishdan tashqari, stipendiatlarga quyidagilar taqdim etiladi:
- Bepul turar joy;
- Borish va qaytish aviachiptalari;
- Oylik stipendiya;
- Tibbiy sug‘urta;
- Bir yillik turk tili tayyorlov kursi.
Asosiy talablar:
- Yuqori akademik ko‘rsatkich (GPA): yo‘nalishga qarab kamida 70% – 90%.
- Fuqarolik: Turkiya fuqarolaridan tashqari barcha davlatlar uchun ochiq.
Yosh mezonlari:
- Bakalavriat uchun: 21 yoshgacha;
- Magistratura uchun: 30 yoshgacha;
- Doktorantura (PhD) uchun: 35 yoshgacha;
- Doktorantura (DSc / Tadqiqot dasturlari) uchun: 50 yoshgacha.
Hujjat topshirish tartibi:
Arizalar faqatgina dasturning rasmiy portali orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.
Topshirish uchun havola: https://tbbs.turkiyeburslari.gov.tr/
Oxirgi muddat: 2026-yil 20-fevralgacha.

