Bombey Hindiston texnologiya instituti (Indian Institute of Technology Bombay, IIT Bombay) xorijiy fuqarolar uchun magistratura (Master’s, shu jumladan M.Sc.) va doktorantura (PhD) dasturlariga ariza qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi.

    IIT Bombay – Hindistonning yetakchi texnik va tadqiqot universiteti bo‘lib, QS 2026 jahon reytingida 129-o‘rinni egallaydi. Institut fan, texnologiya va muhandislik sohalariga ulkan hissa qo‘shgan bitiruvchilari, yuqori darajadagi tadqiqot faoliyati hamda jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim o‘rni bilan tanilgan.

    Dasturlarga arizalar qabuli 2026-yil 7-yanvardan 31-martgacha davom etadi.

    Ariza topshirish uchun havola: https://portal.iitb.ac.in/intadm/login

    Asosiy talablar:

    Hindiston Hukumati Ta’lim vazirligi me’yorlariga muvofiq, barcha xorijiy abituriyentlar Study in India (SII) portalida ro‘yxatdan o‘tishlari va ariza topshirishlari shart: https://studyinindia.gov.in/

    ICCR stipendiyalari:

    ICCR Scholarship dasturi asosida o‘qishga da’vogar nomzodlar qo‘shimcha ravishda ushbu havola orqali ariza topshirishlari lozim: https://a2ascholarships.iccr.gov.in/

    Qo‘shimcha ma’lumot:

    Batafsil ma’lumot IIT Bombay xalqaro bo‘limi veb-saytida mavjud: https://www.ir.iitb.ac.in/