Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.FM.02.04 raqamli Ilmiy kengashning yig‘ilishi 2025-yil 25-dekabr kuni, soat 10:30 da bo‘lib o‘tadi.

    Kun tartibi:

    1.  Nurmurodova Gulshan Eshmurod qizining 01.04.05-Optika ixtisosligi bo‘yicha “Molekulyar komplekslarda galoidovodorodlar tebranish polosalarining tahlili” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining himoyasi.

    2. Turli masalalar

    Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Muhandislik fizikasi instituti, 114-xona.