Dissertatsiyasi himoyasi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2025-yil 27-dekabr soat 10:00da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
1. Mirzayev Xayyom Toshqulovichning 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) ixtisosligi bo‘yicha “XVI-XIX asrlar fors-tojik aruzshunosligining shakllanish va rivojlanish tamoyillari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishining himoyasi.
2. Har xil masalalar.
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti ARM-2, majlislar zali.

