Ochiq dars
2025-yil 12-dekabr kuni Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti umumiy fizika kafedrasi dotsenti Davron Imamnazarovning fizika yo’nalishi 1-kurs, MFI 114-115 guruhlari talabalariga “Umumiy fizika” fanidan “Ideal gas holat tenglamasi” mavzusida namunaviy ochiq dars o‘tadi.
Dars Muhandislik fizikasi institutining binosi 211-xonasida, soat 10:30 da boshlanadi (II-juftlik). Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz

