Ochiq dars
2025-yil 9 - dekabr kuni soat 10:30da Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi professori Nazmiya Muxitdinova Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili yo’nalishida 3-kurs talabalariga “Navoiyshunoslik” fanidan “Lison ut-tayr” dostonidagi hikoyatlarni sharhlab o‘qitish” mavzusida namunaviy ochiq dars o‘tadi.
Ochiq dars Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti binosining b303-xonasida bo’lib o’tadi. Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.

