Ochiq dars
2025-yil 2-dekabr kuni soat 10:30 da Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi assistenti kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Toshpulatov Doston Tolmas oʻgʻlining kimyo yoʻnalishi 103,104-guruh talabalariga “Noorganik kimyo” fanidan “Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Elektrokimyo” mavzusidagi ochiq ma’ruza mashgʻuloti boʻladi.
Ochiq dars Biokimyo instituti binosi P1-xonada boʻlib oʻtadi. Barcha professor oʻqituvchilar va xohlovchilar taklif etiladi.

