Ochiq dars
Samarqand tamadduni tarixi kafedrasi assistenti Murod Xasanov Tarix yo'nalishi 4-kurs talabalariga "Samarqand muzeylari tarixi" tanlov fanidan "Samarqand viloyatidagi muqaddas ziyoratgohlar tarixi: Xoja Ahror Vali, G'avsuli A'zam, Mahdumi A'zam ziyoratgohlari tarixi" mavzusida ma'ruza mashg'uloti bo'yicha ochiq dars o'tadi.
Dars mashg'uloti 11-noyabr kuni Tarix fakulteti binosi Tar-212 xonada soat 10:30 da boshlanadi. Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif qilamiz.

