Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi 2025/2026 o'quv yili uchun xorijiy fuqarolar va chet elda doimiy istiqomat qiluvchi grek millatiga mansub talabalarga to‘liq moliyalashtiriladigan 50 ta grant ajratilganini ma’lum qildi.

Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda?
Har oy 650 yevro stipendiya;
Gretsiya universitetlarida bepul ta'lim;
Bepul kitoblar (grek tili maktabi darsliklari bundan mustasno);
Bir akademik o'quv yili davomida bepul grek tili kurslari, zarur bo'lsa, bakalavriat boshlanishidan oldin;

Stipendiya har bir ta’lim dasturining standart o‘qish muddatini (N yil) va qo‘shimcha ikki yilni (N+2) qamrab oladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Nomzodlar boshqa turdagi stipendiya olmasliglari lozim;
- Zarur hujjatlar to‘liq tasdiqlangan va agar kerak bo‘lsa, grek tiliga rasmiy tarjima qilingan bo‘lishi lozim.

Kerakli hujjatlar:
- Ariza (eng ko‘pi bilan uchta afzal ko‘rilgan universitet dasturi ko‘rsatiladi);
- Rezyume (CV);
- Grek tilini bilishini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud bo‘lsa);
- Oila guvohnomasi;
- Tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
- Nomzod istiqomat qilayotgan mamlakatda oliy ta'limga kirish huquqini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
- Grek diplomatik vakolatxonasi tomonidan kamida 5 yil davomida doimiy chet elda istiqomat qilayotganligini tasdiqlovchi sertifikat;
- Pasport nusxasi;
- Bir dona yaqinda olingan surat.

Ariza topshirish tartibi:
- Arizalar faqatgina Gretsiya elchixonasi va konsulxonalari orqali qabul qilinadi.
- Arizalarni topshirish muddati 8 sentyabr 2025 yil.
- E’tibor bering, to‘liq bo‘lmagan yoki talab qilingan hujjatlarsiz topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Qanday qilib ariza topshirish mumkin:
- Batafsil ma’lumot, jumladan rasmiy e’lon, ariza shakli va mavjud universitet dasturlari ro‘yxatini taqdim etilgan havolalardan yuklab olishingiz mumkin.
- Nomzodlarga Study in Greece rasmiy portalidagi grek universitetlari va ta’lim dasturlari to‘liq ro‘yxati bilan tanishish tavsiya etiladi.

Kontakt ma’lumotlari:
Gretsiya Elchixonasi — Toshkent
Manzil Shaharshara 131, Yakkasaroy, 100066
Telefon 555 012121
Elektron pochta gremb:tsk@mfa.gr (cc.grsec.tsk@mfa.gr)