Xayitbayev Abror Ismoilovichning 11.00.01 - “Tabiiy geografiya” ixtisosligi bo‘yicha “Xorazm viloyati voha landshaftlari va ularning ekologik holatini yaxshilashning geografik asoslari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengashning 2025-yil 26- avgust kuni soat 10 00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

    Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-axborot resurslar markazi faollar zali.

    Tel: (+99899) 776 77 25; faks: (+99866) 240-38-47