Dissertatsiyasi himoyasi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2025-yil 28-avgust soat 10:00da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
1. Homitov Dilovar Lutfullozodaning 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) ixtisosligi bo‘yicha “Klassik va hozirgi fors-tojik tillaridagi unli va undosh fonemalar tadqiqi” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishining himoyasi.
2. Har xil masalalar.
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti bosh o‘quv binosi, 105-xona.