Samarqand davlat universiteti texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi abituriyentlarni suhbat asosida o’qishga qabul qilish uchun baholash mezoni va savollar to'plamini e’lon qiladi.

Savollar |o'zbek tilida|
Savollar |rus tilida|
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar bilan oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish imtihonidagi suhbat savollarini
BAHOLASH MEZONI
Talabgorga quyidagi mavzular boʻyicha har biridan bir donadan savol beriladi va umumiy maksimal 100 balgacha baholanadi. 67 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor suhbatdan oʻtgan hisoblanadi
T/r |
Mavzular |
Maksimal ball |
1 |
Mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish boʻyicha: |
20 |
2 |
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish) boʻyicha: |
20 |
3 |
Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari) boʻyicha: |
20 |
4 |
Tanlangan bakalavriat ta’lim yoʻnalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi boʻyicha: |
40 |
|
Jami |
100 |
1-2-3 mavzular boʻyicha berilgan savollarga talabgorning javobini baholash mezoni
T/r |
Baholash mezonlari |
Maksimal ball |
1 |
Qoʻyilgan savolga talabgor tomonidan toʻliq, batafsil javob berilib, mavzu haqida ongli bilimlar toʻplami koʻrsatilsa va mavzuning asosiy qoidalari ishonchli tarzda ochib berilganda. Javobda aniq tuzilma hamda ochilgan tushunchalar, nazariyalar va hodisalarning mohiyatini aks ettiruvchi mantiqiy ketma-ketlik ifodalanganda. Javob adabiy tilda fan nuqtai nazaridan ifodalanganda. Bunda tushunchalarni ifodalashda, javob berish jarayonida talabgor tomonidan mustaqil ravishda tuzatilgan xatolar boʻlishi mumkin. |
18-20 |
2 |
Savolga toʻliq, batafsil javob berilib, mavzuning asosiy qoidalari aniq ochib berilganda. Javobda aniq tuzilma hamda ochilgan tushunchalar, nazariyalar va hodisalarning mohiyatini aks ettiruvchi mantiqiy ketma-ketlik ifodalanganda. Javob adabiy tilda fan nuqtai nazaridan ifodalanganda. Javobda suhbat komissiyasi a’zolari yordamida talabgor tomonidan tuzatilgan kamchiliklar boʻlishi mumkin. |
15-17 |
3 |
Yetarlicha toʻliq va yetarlicha batafsil javob berilmaganda. Javobning mantiqiyligi va ketma-ketligi buzilganda. Tushunchalarni ochishda, atamalardan foydalanishda xatolarga yo‘l qo‘yilganda. Talabgor muhim va muhim boʻlmagan xususiyatlarni, sabab-natija munosabatlarini mustaqil ravishda aniqlay olmaganda. U umumlashtirilgan bilimlarni konkretlashtirishda va ularning asosiy qoidalarini faqat oʻqituvchi yordamida misollar bilan isbotlashi mumkin. Talabgor nutqida tuzatishlar talab qilinganda. |
12-14 |
4 |
Talabgor savol mavzusi boʻyicha ta’riflarda sezilarli xatolar boʻlgan tarqoq bilimlarni ifodalovchi toʻliq boʻlmagan javob berganda. Tarqoq yoki mantiqsiz fikrlarni keltirganda. Savoldagi asosiy tushuncha, nazariya va hodisalarni boshqalari bilan bogʻliqligini anglamaganda. Xulosa, konkretlashtirish va qoida hamda jarayonlarning isboti mavjud boʻlmaganda. Saviyasi nisbatan past nutqqa ega boʻlganda. Suhbat komissiyasi a’zolarining qoʻshimcha va aniqlovchi savollari talabgorning nafaqat berilgan savolga, balki mavzu boʻyicha boshqa savollariga ham qoniqarsiz javob berganda. |
0-11 |
Jami |
20 |
4-mavzu boʻyicha berilgan savollarga talabgorning javobini baholash mezoni
T/r |
Baholash mezonlari |
Maksimal ball |
1 |
Qoʻyilgan savolga talabgor tomonidan toʻliq, batafsil javob berilib, mavzu haqida ongli bilimlar toʻplami koʻrsatilsa va mavzuning asosiy qoidalari ishonchli tarzda ochib berilganda. Javobda aniq tuzilma hamda ochilgan tushunchalar, nazariyalar va hodisalarning mohiyatini aks ettiruvchi mantiqiy ketma-ketlik ifodalanganda. Javob adabiy tilda fan nuqtai nazaridan ifodalanganda. Bunda tushunchalarni ifodalashda, javob berish jarayonida talabgor tomonidan mustaqil ravishda tuzatilgan xatolar boʻlishi mumkin. |
35-40 |
2 |
Savolga toʻliq, batafsil javob berilib, mavzuning asosiy qoidalari aniq ochib berilganda. Javobda aniq tuzilma hamda ochilgan tushunchalar, nazariyalar va hodisalarning mohiyatini aks ettiruvchi mantiqiy ketma-ketlik ifodalanganda. Javob adabiy tilda fan nuqtai nazaridan ifodalanganda. Javobda suhbat komissiyasi a’zolari yordamida talabgor tomonidan tuzatilgan kamchiliklar boʻlishi mumkin. |
30-34 |
3 |
Yetarlicha toʻliq va yetarlicha batafsil javob berilmaganda. Javobning mantiqiyligi va ketma-ketligi buzilganda. Tushunchalarni ochishda, atamalardan foydalanishda xatolarga yo‘l qo‘yilganda. Talabgor muhim va muhim boʻlmagan xususiyatlarni, sabab-natija munosabatlarini mustaqil ravishda aniqlay olmaganda. U umumlashtirilgan bilimlarni konkretlashtirishda va ularning asosiy qoidalarini faqat oʻqituvchi yordamida misollar bilan isbotlashi mumkin. Talabgor nutqida tuzatishlar talab qilinganda. |
24-29 |
4 |
Talabgor savol mavzusi boʻyicha ta’riflarda sezilarli xatolar boʻlgan tarqoq bilimlarni ifodalovchi toʻliq boʻmagan javob berganda. Tarqoq yoki mantiqsiz fikrlarni keltirganda. Savoldagi asosiy tushuncha, nazariya va hodisalarni boshqalari bilan bogʻliqligini anglamaganda. Xulosa, konkretlashtirish va qoida hamda jarayonlarning isboti mavjud boʻlmaganda. Saviyasi nisbatan past nutqqa ega boʻlganda. Suhbat komissiyasi a’zolarining qoʻshimcha va aniqlovchi savollari talabgorning nafaqat berilgan savolga, balki mavzu boʻyicha boshqa savollariga ham qoniqarsiz javob berganda. |
0-23 |
Jami |
40 |