Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul jarayoni to‘g‘risida

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul imtihonlari suhbat shaklida o‘tkaziladi. Ushbu suhbatlar 2025-yil 20-avgust kuni tashkil etiladi.
Abituriyentlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin:
- Biologiya
- Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
- Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili
- Tarix
- Amaliy matematika
- Matematika
- Psixologiya
- Yurisprudentsiya
- Iqtisodiyot
Qabul komissiyasi mas’ul kotibi: S. O‘roqov