SamDU kasbiy (ijodiy) imtihonlarga tayyor!

Samarqand davlat universitetida bugun qabul komissiyasi mas’ul xodimlari tomonidan 60210400-Dizayn (kompyuter grafikasi, badiiy foto), 60211500- Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (zarbli cholg‘ular), 61010200-Sport faoliyati (Futbol), 61010200-Sport faoliyati (Voleybol), 61010200-Sport faoliyati (Basketbol), 61010200-Sport faoliyati (Gandbol) yo‘nalishlariga 08-11-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan imtihon xonalari shay holatga keltirildi.
Universitetda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun soya-salqin joylar hozirlanib, imtihon jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn kuzatib borish uchun maxsus joylar tayyorlandi.
Imtihonlarni shaffof va adolatli olib borilayotganini kuzatish maqsadida ota-onalar quyidagi havola orqali jarayonni kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi:
Izoh: Xonalarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari real vaqt rejimida – hozir ham ishlamoqda.