Jamg‘arma tomonidan 450 ta o‘rin ajratilgan. Xususan:

 bakalavriat – 130 ta o‘rin;
 magistratura – 220 ta o‘rin;
 doktorantura – 100 ta o‘rin.

Mazkur stipendiya tanlovi uchun o‘rinlar ajratishda STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda iqtisodiyotning drayver sohalariga (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura va qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geodeziya, yer munosabatlari) shuningdek, davlat boshqaruvi va boshqa dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlarga (tibbiyot, ta’lim) maqsadli asosda alohida ustuvorlik berildi.

 Nomzodlarga hujjat topshirish jarayonida yanada qulaylik yaratish maqsadida Jamg‘arma tomonidan onlayn platforma (https://el-yurt.uz) ishga tushirildi. 

 Nomzodlar joriy yilning 3-iyunidan 16-iyuniga qadar  mazkur platforma orqali tegishli hujjatlarni yuborishlari mumkin. 

 Shuningdek, nomzodlar hujjatlarini topshirish jarayonida quyidagi ma’lumotlarni yuklashlari lozim:

Jamgʻarma Ijrochi direktori nomiga ariza;
 xorijiy taʼlim muassasasidan qabul qilinganligi toʻgʻrisida xat (Letter of acceptance);
 mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud boʻlsa);
 attestat yoki diplom nusxasi; 
 xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat;
 motivatsion insho va boshqalar.

Tanlovga oid barcha ma’lumotlar https://eyuf.uz saytida e’lon qilib boriladi.