E'lon

Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi hamda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi o‘zaro hamkorlikda O‘zbekiston va Rossiya talabalari o‘rtasida “Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish” mavzusida xalqaro tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Mazkur tanlovda ijtimoiy-iqtisodiy va yuridik sohalarda tahsil oluvchi bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Qatnashish uchun arizalar 2025-yil 15-iyunga qadar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkilotchilar tomonidan qabul qilinadi.
Tanlov oktabr oyiga qadar bo‘lib o‘tadi.
Batafsil ma’lumot taqdimot shaklida ilovada, shuningdek, https://rouz.vavt.ru/ onlayn platformasida keltirilgan.