Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11 raqamli  Ilmiy  kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2025-yil 21-may kuni soat 10:00 va 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

    Kun tartibi:

    1. Ismailov Is’haqjon Otabayevichning  10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Ogahiyning tarixiy-adabiy asarlari poetikasi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi himoyasi.

    2. Hamidov Nurali Shodiyor oʻgʻlining  10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha  “Boburnoma”dagi she’riyat poetikasi”   mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi.

    3. Har xil masalalar.

    Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Bosh o‘quv binosi 1-qavat, 105-xona.