E’LON

O‘zbekiston va Rossiya talabalari uchun “Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish” mavzusida xalqaro tanlov
Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi hamda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi hamkorlikda O‘zbekiston va Rossiya talabalari o‘rtasida “Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish” mavzusida xalqaro tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Mazkur tanlovda ijtimoiy-iqtisodiy va yuridik mutaxassisliklar yo’nalishida tahsil oluvchi bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Ariza topshirishning so’nggi muddati: 2025-yil 23-may, arizalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkilotchilar tomonidan qabul qilinadi va tanlov shu yil oktabr oyiga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot https://rouz.vavt.ru/ onlayn platformasida keltirilgan.
Qo'shimcha ma’lumotlarni xalqaro hamkorlik boshqarmasidan olish mumkin. irossu1420@gmail.com