Ochiq dars
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/663d7ef8d07c5-663d7ef8d07c8-663d7ef8d07c9-663d7ef8d07ca.jpg)
10-may kuni Samarqand davlat universiteti fakultetlararo pedagogika kafedrasi o’qituvchisi Nasiba Berdiqulova Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 4-kurs talabalariga “Pedagogik nazokat va xushmuomalalik, kasbiy pedagogik dilkashlikning o’qituvchi xulq atvorida shakllanishi” mavzusida ochiq dars o’tadi.
Dars Pedagogika ta’limi fakulteti 2/204 xonasida 13.00 da boshlanadi. Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.