O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.

    Qarorda oliy ta’lim muassasalarining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish, ta’mir talablarini rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.

    Xususiy tashabbuskor "Z-P-A" oilaviy korxonasi tomonidan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti hududida 400 o‘rinli talabalar turar joyini davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurish, jihozlash va boshqarish tashabbusi bildirilgan.

    O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-537-son Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tomonidan tasdiqlangan. Xususiy tashabbuskor Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalarini zamonaviy shinam turar joy bilan ta’minlashni rejalashtirilgan.

    Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so‘rov va takliflarini 2024-yil 19-mart Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari lozim.

    So’rov shakli

    Loyiha haqida ma’lumot

    Loyiha konsepsiyasi

    Qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi manzili: 100174, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy, E-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz, Telefon raqami: +99871 246 04 27;
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti manzili: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Universitet ko’chasi 15-uy, E-mail: devonxona@samdu.uz,  veb-sayt: https://samdu.uz, Telefon raqami: 66-233-50-23; +99890-270-00-39;
    “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkazadi.