Samarqand davlat universitetiga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hujjat topshirgan ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi abituriyentlar uchun imtihon o’tkaziladi:

  • Biologiya (turlari bo‘yicha) - biologiya, kimyo, ona tili (o'zbek, rus, qozoq tillari), matematika, O'zbekiston tarixi fanlaridan;
  • Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) - tarix, geografiya, ona tili (o'zbek, rus, qozoq tillari), matematika, O'zbekiston tarixi fanlaridan;
  • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) - matematika, chet tili,  ona tili (o'zbek, rus, qozoq tillari), matematika, O'zbekiston tarixi fanlaridan;
  • Psixologiya (amaliy psixologiya) - biologiya, ona tili va adabiyoti, ona tili (o'zbek, rus, qozoq tillari), matematika, O'zbekiston tarixi fanlaridan;
  • Kompyuter ilmlari va dasturlash - matematika, fizika, ona tili (o'zbek, rus, qozoq tillari), matematika, O'zbekiston tarixi fanlaridan;
  • Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) - ona tili va adabiyoti, chet tili, ona tili (o'zbek, rus, qozoq tillari), matematika, O'zbekiston tarixi fanlaridan.

 

    Imtihon 2023-yil 4-avgust kuni soat 9:00 da Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti, 1-qavatda boshlanadi.

 

    Imtihon topshiriqlarini bajarishda o‘zingizga zarur bo‘lgan o‘quv qurollarini (brayl yozuv qurilmasi) olib kelishingiz so‘raladi.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun + 998 91 555 59 04 telegram raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

    Samarqand davlat universiteti

     Qabul komissiyasi