2023-yil 13-may kuni Samarqand davlat universitetida Sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi (CARCAIR) faoliyati doirasida “Raqamli asrda mehnat va huquq” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

    Davra suhbatida mutaxassislar turli raqamli texnologiyalarning mehnatga ta’siri, mehnat sohasida sun’iy intellektning o‘rnining ortib borishi, mehnatning yangi shakllarining paydo bo‘lishi, mehnatni tartibga solishning yangi ehtiyojlari va boshqa masalalar muhokama qilinadi.

    Davra suhbatida Samarqand davlat universiteti vakillaridan tashqari Italiya (Bolonya, Modena va Regjo-Emiliya, Siena va Trento universitetlari), Fransiya, Portugaliya, Vengriya, Bolgariya, Qozog‘iston va Hindiston universitetlari tadqiqotchilari ishtirok etadilar. Davra suhbatini Irina Filipova (Samarqand davlat universiteti) va Elena Sychenko (Trento universiteti, Italiya) olib boradi.