Belarus Respublikasining Baranovich davlat universiteti yozgi/qishki maktablarga taklif qiladi.

Yozgi/qishki maktablar (2-3 hafta) quyidagi yo’nalishlarda tashkil qilinadi:

  • Rus tili
  • Ingliz tili
  • Nemis tili
  • Kulolchilik
  • Tikuvchilik (dizaynerlik)
  • Belarusiya merosi
  • IT maktabi
  • Moliyaviy savodxonlik
  • Yurisprudensiya
  • Marketing

Yozgi/qishki maktablar ishtirok etish uchun to’lov 250-300 AQSh dollari (haftalar soniga qarab). Bu to’lovga darslar jarayonidagi ikki mahal ovqatlanish, talabalar turar joyida yashash, darslar, o‘quv adabiyotlaridan foydalanish, vokzal/aeroportda kutib olish kiradi. Ishtirokchilarning iltimosiga ko’ra, qo’shimcha haq evaziga Belarusning diqqatga sazovor joylariga ekskursiya tashkil etilishi mumkin.

Maktab oxirida ishtirokchilarga bitirganlik to’g’risida sertifikati beriladi.

Kontakt ma’lumotlari: www.barsu.by , https://barsu.by/international/swSchools.php , omid@barsu.by