Ispaniyaning Malaga universiteti SamDU talabalari uchun 1 yillik almashinuv dasturi asosida 2023/2024-o'quv yillariga mo’ljallangan bakalavriat dasturlarida tahsil olish imkoniyatlarini e’lon qiladi.

    SamDU va Malaga universiteti (Ispaniya) o'rtasida almashinuv shartnomasi quyidagi veb-sahifada mavjud: http://www.samdu.uz/public/images/16_Malaga%20University.PDF

    Malaga Universiteti sohalar bo’yicha tashkil etilgan kurslar va dasturlar, shuningdek ingliz tilida barcha muhim ma'lumotlarni https://www.uma.es/media/files/Fact_sheet_english_2122_F3BgVwW.pdf elektron sahifadan olish mumkin.

    Malaga Universitetida ma’ruzalar ispan tilida olib boriladi. Faqat ba'zi darslar ingliz tilida olib borilishi mumkin. Ushbu universitetida o’qish uchun ispan tilini B1 darajasida bilish talab etilgan.

    Malaga Universitetida 1 va 2 semester uchun kalendar reja quyidagicha:

    1- semester 2023-yil 4-sentabrdan – 2023-yil 9-fevralgacha

    2- semester 2024-yil 30-yanvardan – 2024-yil 7-iyulgacha

    Hujjat topshirish istagida bo’lgan talabalar fakultet dekanati tomonidan tavsiya xati olib kelishlari zarur. Nomzodlarni 1- semester uchun 20.04.2023 hamda 2-semestr uchun 20.06.2023 kuniga qadar xalqaro aloqalar bo’limi tomonidan ushbu universitetga nomzodi tavsiya etilgandan so’ng anketalarini topshirishga ruxsat etiladi.

    Eslatma:  ushbu almashinuv dasturi faqat o’qish xarajatlarini qoplaydi. 

    Dastur haqida batafsil ma'lumot : https://www.uma.es/media/files/Fact_sheet_english_2122_F3BgVwW.pdf havolasidan olish mumkin. 

    E’lon to’g’risida qo’shimcha ma’lumot SamDU Xalqaro hamkorlik boshqarmasidan olish mumkin.

    Tel: 66 2391079,  E-mail: irossu1420@gmail.com