Xalqaro atom energiyasi bo‘yicha agentlik (МАГАТЭ) tomonidan “IAEA Marie Sklodowska-Curie Fellowship Programme (MSCFP)” 2022-2023 va 2023-2024-yillar uchun magistrlik dasturiga tanlov e’lon qiladi. Dastur maqsadi – olima ayollar va talabalarni yadro sohasini va texnologiyasiga jalb qilish va ularning ushbu sohadagi umumiy ishtirokini oshirishdir.

    Xalqaro atom energiyasi bo‘yicha agentlik dasturiga 2022-yil uchun nomzod tavsiya etish muddati - 2022-yil 15-iyuldan 30-sentabrgacha etib belgilangan.

    Magistrlik dasturiga tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishib chiqish mumkin: www.iaea.org/MSCFP