Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2022 yil 21 iyun kuni soat 10:00 va 14:00da bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibi:

1. Urganch Davlat universiteti tadqiqotchisi Karimov Zafarbek Ataboyevichning “Sog‘lom turmush tarzining milliy reproduktiv taraqqiyotga taʼsiri” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi.

2. Samarqand davlat chet tillar instituti tadqiqotchisi Ulug‘murodov Elyor Saydulloyevichning “Yoshlar estetik tafakkurini shakllantirishda islomiy qadriyatlarning o‘rni” mavzusidagi 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi.

3. Har xil masalalar.

Manzil: Camarqand shahri, Universitet xiyoboni 15. Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti, 1-qavat, 105-xona.