“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ilg‘or xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish bo‘yicha 2-stipendiya tanlovi e’lon qilindi. Stipendiya tanlovi ikki boshqichdan iborat.

         Ushbu tanlovining birinchi bosqichida qatnashish uchun xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasasidan “Acceptance letter”, ya’ni ushbu universitetga kirish xatini olib, talab etilgan hujjatlar bilan “El-yurt umidi” jamg‘armasiga murojaat qilish mumkin.

         Xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari “QS”, “Academic rating of world universities”, “THE” yoki “US News” kabi xalqaro reytinglari bo’yicha eng nufuzli 300 OTMlariga kirishlari shart yoki stipendiatning mutaxassisligi bo’yicha eng nufuzli 100 OTMlariga kirishi shart.

         “El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovlariga hujjatlar ro’yxati ushbu jamg‘armaning veb sahifasida ko’rsatilgan: https://eyuf.uz

         Mazkur tanlovlarga hujjatlar joriy yilning 15-aprel kunidan 15-may kuniga qadar jamg‘armaning veb sahifasida qabul qilinadi.

          Qo'shimcha ma’lumot universitet xalqaro hamkorlik bo'limidan olish mumkin: Tel: +998 66 240-28-53,  irossu1420@gmail.com