Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi SHHTga a’zo davlatlar oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “SHHT davlatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashda xalq diplomatiyasining o‘rni va imkoniyatlari” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini e’lon qiladi.

    Maqolani yozish tillari o‘zbek (lotin yoki krill yozuvida), rus, xitoy va ingliz tillarida talab etiladi.

    Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi elektron manzili info@scocenter.uz ga 2022-yilning 29-apreliga qadar maqola taqdim etishlari mumkin.

    Eng yaxshi asarlar hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olinib, qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

    Ko‘rik tanlovdagi maqolalar shakli va yozilishi talablari haqidagi ma’lumot markaz veb-havolasida mavjud: https://scocenter.uz/adds-detail/12

    Qo‘shimcha ma’lumotlarni universitet xalqaro hamkorlik bo‘limidan olish mumkin: Tel: +998 66 240-28-53, irossu1420@gmail.com