Nagoya universitetining O'zbekistondagi vakolatxonasi Nagoya universiteti Osiyo satellit kampuslari institutining 2022-yildagi pedagogika va inson resurslarini rivojlantirish psixologiya fanlari (14.04.2022, soat 11:00-12:30 da) hamda huquqshunoslik va siyosiy fanlar (14.04.2022, soat 12:30-13:45 da) sohasidagi doktorantura dasturiga qabul boshlanganligi haqida xabar bergan edi.

    Dasturga qatnashish uchun talab qilinadigan hujjatlar hamda ularni tayyorlashda ahamiyat berilishi lozim bo'lgan jihatlar va boshqa muhim ma'lumotlarni nomzodlarga yetkazish maqsadida vakolatxona tomonidan Zoom platformasi orqali maxsus seminar o'tkaziladi. Ushbu doktorlik dasturida ishtirok etish uchun quyidagi Zoom ID va Passcode orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

    Meeting ID: 390 419 5735  

    Passcode: 14042022   

    Qo'shimcha ma’lumotlarni universitet xalqaro hamkorlik bo'limidan olish mumkin: Tel: +998 66 240-28-53,  irossu1420@gmail.com