Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.FM.02.04 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig’ilishi 2022-yil 5-mart soat 13:00 va 15:00 da bo’lib o’tadi.

Kun tartibi:

  1. Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Jo’rayev Yo’lchi Toshmamadovichning “Nafionning istisno sohasining tarkibi va xususiyatlari; cheklangan hajmda bo‘kishi va mikroreologik effektlari” mavzusidagi “01.04.05-Optika” fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya muhokamasi.
  2. Qarshi davlat universiteti tadqiqotchisi Meyliev Laziz Orziqulovichning “Propanoldagi konformatsion xilma-xillikni va molekulalararo o‘zaro ta’sirni spektral namoyon bo‘lishi” mavzusidagi “01.04.05-Optika” fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya muhokamasi.
  3. Har xil masalalar.

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Samarqand davlat universiteti, Fizika fakulteti, 63-xona.