Samarqand davlat universiteti huzuridagi falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.K.02.05 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengashning yig‘ilishi 2022 yil kuni 31-yanvar soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibi:

1. Ishankulov Alisher Farmonovichning 02.00.04-Fizik kimyo, 02.00.12-Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari) ixtisosliklari bo‘yicha “Tiol stabilizatorlari bilan modifikatsiyalangan gibrid CdSe/ZnS kvant nuqtalar sintezi va optik-o’lcham xossalari” mavzusidagi  kimyo fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining himoyasi.

2. Har xil masalalar.

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Samarqand davlat universiteti, Kimyo fakulteti, 305-xona.