Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi

Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi mudiri

Nizamov Aktam Numonovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +99897 3986717
  •  Elektron pochta: n-aktam@samdu.uz

Biografiya

• 1975-1979 yy. – Samarqand Kooperativ instituti talabasi
• 1979-1980 yy. – SINOTUR ilmiy tadqiqod institutining Samarqand bo‘limida, umumiy ovqatlanish bo‘limining injeneri, savdo iqtisodiyoti bo‘limida katta iqtisodchi.
• 1980-1982 yy. – Samarqand Kooperativ instituti matlubot kooperatsiyasi iqtisodiyoti kafedrasining kabinet mudiri.
• 1982-1985 yy. –Moskva Kooperativ Instituti aspiranti.
• 1986-1989 yy. – Samarqand Kooperativ institutida ilmiy tadqiqod laboratoriyasining kichik ilmiy xodimi. 
• 1989-1992 yy. – Samarqand Kooperativ instituti matlubot kooperatsiyasi iqtisodiyoti kafedrasining assistenti.
• 1992-1998 yy. – Samarqand Kooperativ instituti matlubot kooperatsiyasi iqtisodiyoti kafedrasining dotsenti
• 1998-1998 yy. – Samarqand Kooperativ instituti marketing bo‘limining mudiri.
• 1998-2017yy – AQShga safar
• 2018-2020yy -SamDU Iqtisodiy nazariya kafedrasining dotsenti
• 2020y-h. Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi mudiri

 

 

Kafedra faoliyati 1927-yilda boshlangan. U davrda «Sosial-iqtisodiy fanlar» kafedrasi nomi bilan yuritilgan. 1949-yildan boshlab «Siyosiy iqtisod» kafedrasi nomi bilan mustaqil kafedra sifatida ishlay boshlagan.
Dosent K.A.Pogrebinskaya kafedraning birinchi mudiri sifatida uning shakllanishiga va rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.
O’tgan asrning 60-yillarida N.Y.Abdurazzoqov, K.S.Saidov, Yu.N.Dunayev, N.U.Usmonov, V.Yu.Yashin, K.Y.Yo’ldoshev, E.A.Aliqulov, X.M.Sodiqova, B.M.Mirzaxo’jayev, E.N.Xo’jayev, X.B.Barakayev, N.Abdullayev, A.D.Daurov singari olimlar o’z nomzodlik dissertasiyalarini himoya qildilar. Keyinchalik Yu.N.Dunayev, K.S.Saidov, E.A.Aliqulov, L.V.Krivoruchkolar doktorlik dissertasiyalarini ham himoya qildilar.
Kafedra faoliyat ko’rsatgan davr mobaynida Dunayev Yu.N., Saidov K.S., Aliqulov E.A. kabi yetakchi professorlar kafedrani boshqarishgan.
1991 yildan buyon kafedra “Iqtisodiy nazariya” nomi bilan atalib kelinadi. 1993-2007 yillarda kafedrani i.f.d., prof. E.A.Aliqulov rahbarlik qilgan.
2008-2012 yilda kafedraga i.f.n., dosent B.X.Turayev rahbarlik qilib kelgan. Ushbu davr mobaynida 2 ta nomzodlik dissertasiyasi va 1 ta doktorlik dissertasiyasi himoya qilindi va 2 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilish arafasida.
2012-2017 yillarda kafedraga i.f.n., dos. B.M.Boboqulov, 2017-2018 yillarda i.f.n., dos. D.A.Nasimov rahbarlik          qilgan.
2018-2020 yillarda kafedraga iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dos. I.I.Ergashev rahbarlik qilgan.
2020-yil 2-sentabrdan i.f.n, dosent A.N.Nizamov rahbarlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 11,5 shtat birligi bo’lib, 14 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib kelishmoqda. Jumladan, kafedra mudiri i.f.n., dos. Nizamov A.N  I.I., i.f.d., prof. To’rayev B.X., PhD, dos. Ergashev, i.f.n., dos. Boboqulov B.M., i.f.n., dos. Alibekova S.L., i.f.n., dos. Quvondiqov Sh.O., i.f.n., dos. Nasimov D.A., i.f.n., dos. Yuldashev Sh.Q.,  katta o’qituvchilar Djumayev A.X. va Mirzaxodjayev A.B., Djalolova S.,  assistent o’qituvchilar Eshburiyev U.A., Djalolova S., Raximova.N., Murodov A,  Orziqulova Z. Kafedraning ilmiy salohiyati 2018-yilda 50,0% ni tashkil etgan.
Kafedra professor-o’qituvchilari iqtisodiyot va noiqtisodiyot yo’nalishlari bo’yicha hamda magistratura yo’nalishi bakalavriat talabalariga va magistrantlarga «Iqtisodiy nazariya», «Makroiqtisodiyot», «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi», «Iqtisodiy tarbiya nazariyasi», «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar», «O’zbekiston milliy iqtisodiyoti», «Iqtisodiy fanlarni o’qitish uslubiyati», «Institusional iqtisodiyot», «O’zbekistonning iqtisodiy tarixi», «Global iqtisodiy rivojlanish», «Mikroiqtisodiyot», «Ta’lim sohasida siyosat», «Bilimlar iqtisodiyoti», «Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning innovasion modellari», «Institusional nazariyalar», «Monetar siyosat nazariyalari», «Hozirgi zamon raqobat nazariyasi», «Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar», «Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash» fanlaridan dars berib kelishmoqda.
2019-2020 o’quv yilida kafedrada “Iqtisodiy nazariya” mutaxassisligi bo’yicha 7 ta ikkinchi bosqich va 14 ta birinchi bosqich magistrantlar  tahsil olishmoqda. Shuningdek, “Iqtisodiy nazariya” ixtisosligi bo’yicha doktaranturada   3 ta tayanch doktarant tahsil olishmoqda.
Mustaqilligi yillarida kafedraning umumiy ilmiy yo’nalishi bo’yicha B.M. Boboqulov, R. Seytmuratov, F. Niyazov, G. Ambarsumyan, L. Xoliqova, Sh. Yo’ldoshev, S. Alibekova, B. To’rayev, Sh. Quvondiqov, D.A.Nasimovlar nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilishgan. 2011-yilda B.X.To’rayev, 2017-yilda M.T.Alimova doktorlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. 2018-yilda I.I.Ergashev iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini himoya qildi. Himoya qilingan dissertasiya mavzulari va ilmiy yo’nalishlari kafedraning ilmiy yo’nalishi bilan bog’liq bo’lib, mamlakatimiz iqtisodiyotining eng dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan.
 

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari
•    Iqtisodiyot nazariyasi
•    Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
•     Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi
•    Mikroiqtisodiyot
•    Mintaqaviy iqtisodiyot
•    Global iqtisodiy rivojlanish
•    Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari
•    Iqitisodiyot fanining zamonaviy yo’nalishlari va konsepsiyalari
•    Makroiqtisodiyot
•    Bilimlar iqtisodiyoti
•    Iqtisodiy fanlarni o’qitish metodikasi
•     Jahon iqtisodiyoti va XIM
•    Iqtisodiy fanlarni o’qitish metodikasi
•    Zamonaviy iqtisodiy nazariyalari
•    Hozirgi zamon raqobat nazariyalari
•    O’zbekiston milliy iqtisodiyoti
•    Turmush faravonligi nazariyasi
•    Institutsional nazariyalar
•    Monetar siyosat nazariyasi
•    Ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning inovatsion modellari