Kafedra mudiri

Yusupov Ozod Rabbimvich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +99897 441 29 79
  •  Elektron pochta: ozod200707@mail.ru

Biografiya

2005-2009 yy. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi

2009-2011 yy. – Jizzax politexnika institutida muhandis dasturchi

2011-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti

2013-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasi assistenti

2015-2017 yy. - Samarqand davlat universiteti “Amaliy matematika” kafedrasi assistenti

2017-2019 yy. - Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti

2020-2020 yy. - Samarqand davlat universiteti “Matematik modellashtirish” kafedrasi assistenti

2020 h.v - Samarqand davlat universiteti “Dasturiy injiniring” kafedrasi mudiri

 

Dasturiy injiniring kafedrasi Samarqand davlat universiteti ilmiy kengashining 2020-yil 16-iyundagi 11-sonli bayonnomasiga asosan Raqamli texnologiyalar fakultetida tashkil qilingan.

Kafedra O’zMU (O’zbekiston milliy universiteti), TATU (Toshkent axborot texnologiya universiteti) kabi bir qator universitetlar hamda TATU qoshidagi AKT ilmiy-innovatsion markazi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda ilmiy uslubiy ishlar olib bormoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 3 nafar fan nomzodi, 11 nafar assistent, 1 nafar kabinet mudiri faoliyat ko’rsatmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada dosentlar: S. Qobilov, I. Turakulov, O. Yusupov; assistentlar: Sh. Suvonov, M. Nurmamatov, F. Meliyev, I. Himmatovlar o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib bormoqdalar.

Kafedrada 5A330101 – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo’nalishlar bo’yicha)” mutaxassisligi bo`yicha magistratura faoliyat olib bormoqda. Magistrantlar kafedraning yetakchi professor-o`qituvchilari S. Qobilov, I. Turakulov, O.Yusupov rahbarligida ilmiy izlanish olib borayaptilar.

Kafedra professor-o’qituvchilari Amaliy matematika va informatika, Dasturiy injiniring, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo’nalishi bakalavriat talabalariga va magistrantlarga “Dasturlash asoslari”, “Algoritmlar va ma’lumotlar strukturalari”, “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari”, “Tizimli dasturlash”, “Ma’lumotlar bazasi texnologiyalari”, “Oracle ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi”, “Axborot tizimlarini loyihalash”, “Tarmoq operatsion tizimlari”, “Ma’lumotlarning intelektual tahlili”  kabi bir qator  fanlardan dars berib kelishmoqda.