Biotexnologiya kafedrasi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti biotexnologiya va o’simliklar genomikasi kafedrasi mudiri
Xasanov Normat Saydullayevich
Kafedra dotsenti. Biotexnologiya kafedrasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Biotexnologik tadqiqotlar, xususan noyob dorivor o’simliklarni in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish, plantatsiyalarini tashkil qilish, o‘simliklarning kimyoviy tarkibini aniqlash orqali biologik faol moddalarini farmotsevtika sanoati uchun xom ashyo yetkazib berish bo‘yicha ilmiy faoliyat yuritib kelmoqda. “Samarqand o‘lmaso‘ti (Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp.)ni mikroklonal ko‘paytirish” mavzusidagi 03.00.05-Botanika, 03.00.12-Biotexnologiya ixtisosliklaridan biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilib, hozirda keyingi bosqichdagi ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqda. Normat Xasanov “Samarqand bo‘znochi (Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp.) o‘simligini urug‘laridan ko‘paytirish va plantatsiyasini tashkil etish” (AL-5621111988) mavzusidagi amaliy loyiha tadqiqotlarida faol ishtirok etib, noyob dorivor Samarqand bo‘znochi o‘simligini mikroklonal ko’paytirish usullari hamda o’simliklarni adaptatsiya qilish sharoitlari bo‘yicha hammualliflikda tavsiyanomalar ishlab chiqqan. Hozirgi kunda Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti biotexnologiya va o’simliklar genomikasi kafedrasida dotsent kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Pedagogik va ilmiy tadqiqot ishlari natijasida 10 yaqin ilmiy maqola (Scopus, WoS), 20 dan ortiq tezislar nashr ettirgan.
https://www.scirp.org/journal/ajpsps:// doi.org/10.4236/ajps.2023.142010
doi.org/10.1051/e3sconf/202453803018
https://doi.org/10.47352/jmans.2774-3047.286
https://doi.org/10.59251/2181-3973.2025.v1.138.1.3467
https://doi.org/10.1051/bioconf/202413001012
http://doi.org/10.54910/sabrao2026.58.4.40
https://doi.org/10.59251/2181-3973.2025.v1.138.1.4039
https://doi.org/10.14719/pst.13679
https://doi.org/10.47278/journal.ijvs/2026.110
Biotexnologiya kafedrasi a'zolari
|
Dushanova Gavhar Abdukarimovna Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2006-yildan beri Samarqand davlat universiteti Biologiya fakultetida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirda Biokimyo instituti Biotexnologiya kafedrasida bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun “Biotexnologiyada xavfsizlik masalalari va biotexnologik ta’lim”, “Immunobiotexnologiya”, “Tibbiy biotexnologiya”, “Farmatsevtik biotexnologiya” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi. Ilmiy faoliyati molekulyar genetika sohasida immun tizim genlarining genetik va epigenetik boshqarilishida SNP genetik polimorfizmlarining rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. U tomonidan 100 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan, 1 ta monografiya, 6 ta o‘quv qo‘llanma va 5 ta uslubiy qo‘llanma nashr etilgan. Gavhar Dushanovaning Scopus va Web of Science xalqaro bazasiga kiruvchi maqolalari:
|
||
![]() |
Sultonova Kumush Ruzimurod qizi Kafedra dotsenti. 2024-yildan beri biotexnologiya kafedrasida faoliyat yuritib keladi. “In vitro sharoitida Lagochilus inebrians Bunge o’simligini mikroklonal ko’paytirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishini 2023-yil himoya qilgan. Hozirgi kunda “Dorivor o‘simliklarni mikroklonal ko‘paytirish va respublikamizning turli iqlim sharoitlariga moslashtirish texnologiyasini takomillashtirish va joriy etish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Mikroklonal ko’paytirilgan o’simliklarni tuproq iqlim sharoitlariga moslashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni bartaraf etish va yangi moslashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘rganish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. .Hozirgi kunda Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti biotexnologiya va o’simliklar genomikasi kafedrasida kafedra dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Mavzu yuzasidan 40 ga yaqin maqola va tezislar muallifi. 1 ta monografiya va 4 ta o’quv qo’llanmalar nashr etilgan. Scopus va Web of Science xalqaro bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan maqolalari: https://doi.org/10.33619/2414-2948/82/11 https://doi.org/10.47352/jmans.2774-3047.286 http://doi.org/10.54910/sabrao2025.57.4.13 https://horizonepublishing.com/journals/index.php/PST/article/view/13679 |
|
|
Axanbayev Shohzod Ulug‘bek o‘g‘li Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) (2024), Izen (Kochia prostrata (L) Schrad) ning mikroflorasi va uning biotexnologik potensiali mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalri asosida endofit bakteriyalarning qishloq xoʻjaligi ekinlarni oʻsishi va rivojlanishini ragʻbatlantiruvchi va fitopatogen zamburugʻlarga qarshi antifungal patensial xususiyatlari mavjudligi ilmiy asoslab berildi. Hozirda endofit bakteriyalar va ularning biotexnologik potensialiga bagʻishlangan xalqoro Scopus ilmiy bazalarida indekslangan 9 ta ilmiy maqolalari va 42 dan ortiq ilmiy tezislar chop etilgan. .Hozirgi kunda Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti biotexnologiya va o’simliklar genomikasi kafedrasida kafedra dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Scopus va WOS bazasidagi jurnallarda chop etilgan maqolalari: https://doi.org/10.14719/pst.2062 https://doi.org/10.14719/pst.2725 https://doi.org/10.1051/bioconf/202413001021 https://doi.org/10.12911/22998993/203742 http://doi.org/10.54910/sabrao2025.57.4.12. https://www.scopus.com/pages/publications/105050440525?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/105049611683?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/105049764827?origin=resultslist https://www.scopus.com/pages/publications/105044658769?origin=resultslist. |
||
|
Shukrullozoda Roza Shukrullo qizi Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2025-yildan boshlab Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti Biotexnologiya kafedrasida assistent lavozimida faoliyat olib bormoqda. Ilmiy mavzusi: “Samarqand viloyatining ba’zi yovvoyi lolalarini mikroklonal ko‘paytirish biologiyasi, o‘sishi va rivojlanishi”. Ushbu yo‘nalishda jami 16 ta ilmiy ish chop etilgan. Shuningdek, Oliy Attestatsiya Komissiyasi tavsiya etgan nashrlarda 10 ta maqola e’lon qilingan bo‘lib, shulardan 4 tasi respublika, 6 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan. Tadqiqotning amaliy ahamiyati zamonaviy botanika uchun dolzarb bo‘lib, ayniqsa kamyob o‘simlik turlarini saqlash va qayta tiklash masalalariga qaratilgan. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan mikroklonal ko‘paytirishning biotexnologik usullari in situ sharoitida introduksiya va reintroduksiya uchun sog‘lom ko‘chatlar olish imkonini beradi. Bu usullar kamyob turlarni yetishtirish xarajatlarini kamaytirish, tabiiy populyatsiyalar genetik xilma-xilligini saqlash va botanika bog‘lari hamda pitomniklar assortimentini kengaytirishga xizmat qiladi. Amaliyotga joriy etilishi import ko‘chatlariga bog‘liqlikni kamaytiradi va tabiiy landshaftlarning ekologik barqarorligini oshiradi. |
||
|
Niyozov Ulug‘bek Ravshanovich Kafedra assistenti. 2020-yildan beri Biotexnologiya kafedrasida faoliyat yuritib keladi. “Qashqadaryo botanik-geografik rayonining dorivor o‘simliklari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Dunyo aholisi foydalanadigan dori preparatlarining 65 foizining tarkibida o‘simlik mahsulotlari mavjudligini hisobga oladigan bo‘lsak, dorivor o‘simliklarga talab yuqoriligicha qolmoqda. Xalq tabobatida dorivor o‘simliklar qadimdan turli kasalliklarni davolash va oldini olishda qo‘llanilib kelinmoqda. Qashqadaryo viloyati 28 ming km² dan ortiq maydonni egallab, janubi-g‘arbda Ko‘hitang–Bobotog‘ tizmasi, sharqda Hisor tog‘ tizmasining etaklari, markaziy qismida esa Qashqadaryo vodiysi joylashgan. Viloyatda cho‘l, yarim cho‘l, dasht, tog‘ oldi va tog‘li zonalar mavjud bo‘lib, har bir zonaning floristik tarkibini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mavzu yuzasidan 4 ta maqola va 5 ta tezis muallifi. Scopus va Web of Science xalqaro bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan maqolasi: |
||
|
Xalilova Sevara Abdumannobovna Kafedra assistenti. 2025-yildan beri Biotexnologiya kafedrasida faoliyat yuritib keladi. “In vitro sharoitida ayrim o‘simlik ekstraktlarining immunokompitent hujayralar metabolizmi va funksional faolligiga ta’siri” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. So‘nggi o‘n yilliklarda global miqyosda immun tizim faoliyatining buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar — surunkali yallig‘lanish sindromlari, autoimmun patologiyalar, allergik reaksiyalar va opportunistik infeksiyalar sonining ortishi kuzatilmoqda. Zamonaviy tibbiyotda qo‘llanilayotgan ko‘plab sintetik immunomodulyator vositalar yuqori biologik faollikka ega bo‘lishiga qaramay, uzoq muddatli qo‘llashda organizmga toksik ta’sir ko‘rsatishi, dori-darmon rezistentligi shakllanishi hamda nojo‘ya reaksiyalar chastotasining oshishi bilan cheklanadi. Shu sababli, fiziologik xavfsizlik darajasi yuqori va keng terapevtik imkoniyatlarga ega bo‘lgan tabiiy manbali preparatlarga talab ortmoqda. Xalilova Sevara dorivor Capparis spinosa L. o‘simligining immunomodulyator va immun tizimga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Mavzu yuzasidan 6 ta maqola va 5 ta tezis muallifi. Scopus va Web of Science xalqaro bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan maqolasi: |
||
![]() |
|
|
|
Tilloyeva Zarrina Faxriddinovna Kafedra assistenti. 2018-yildan beri biotexnologiya kafedrasida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti biotexnologiya va o’simliklar genomikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2019-yilda Rossiya Federatsiyasi FA qoshidagi “Parrandachilik texnologiyalari instituti”da, 2025-yil 16-apreldan 15-maygacha Xitoy Xalq Respublikasining Xitoy Fanlar akademiyasi (CAS) Kunming Botanika institutida stajirovka o’tagan. “Broylerlarning ozuqasini bir hujayrali suvo‘tlar Scenedesmus sp. va Chlorococcum sp. biomassasi bilan boyitish biotexnologiyasi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bugungi kunda dunyo miqyosida bir hujayrali mikrosuvo’tlari biomassasidan sanoatning turli sohalarida, jumladan, parrandachilik, baliqchilik bioyoqilg‘i va biologik faol moddalar ishlab chiqarishda istiqbolli biomassa manbalardan biri sifatida keng foydalanilmoqda. Mikrosuvo’tlarning arzon oziqa muhitlarida tez o‘sishi, turli xil metabolit moddalarni, xususan oqsil va yog’ kislotalarini to’play olish xususiyati ularni biotexnologik tadqiqotlar uchun zarur ob'ektlardan biriga aylantirdi. Ushbu tadqiqot ishi doirasida mikrosuvo’tlar biomassasi asosida parrandachilik sanoati uchun arzon va ekologik toza oziqa qo’shimchalari ishlab chiqish va amaliyotda qo’llash imkoniyatlari o’rganilmoqda. Mavzu yuzasidan 10 dan ziyod tezislar xalqaro va Respublika amaliy konferensiyalarida chop etilgan. https://doi.org/10.12911/22998993/189894 https://www.researchgate.net/publication/369203625_Isolation_and
|
||
![]() |
Muxtarova Sitora Alisherovna Kafedra assistenti. 2026-yildan boshlab Agrobiotexnologiyalar va oziq ovqat xavfsizligi instituti “Biotexnologiya va o‘simliklar genomikasi” kafedrasida faoliyat yuritmoqda. “Peganum harmala Crantz endofit bakteriyalari: xilma-xilligi, xususiyatlari va lalmikor sharoitda noʻxat yetishtirishdagi potensiali” mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari asosida endofit bakteriyalarning qishloq xoʻjaligi ekinlarni oʻsishi va rivojlanishini ragʻbatlantiruvchi va fitopatogen zamburugʻlarga qarshi antogonistik xususiyatlari mavjudligi ilmiy asoslab berildi. Hozirda endofit bakteriyalar va ularning biotexnologik potensialiga bagʻishlangan 5 ta ilmiy maqola va 5 ta tezislar chop etilgan. Scopus va WOS bazasidagi jurnallarda chop etilgan maqolalari: https://horizonepublishing.com/journals/index.php/PST/article/view/2725 https://oak.uz/pages/4802 https://axborotnoma.uz/uz/research/2797/ |
|
|
Quvondiqov Shohzod Abdulla o’g’li Kafedra assistenti. 2026-yildan beri Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti, Biotexnologiya va o’simliklar genomikasi kafedrasida faoliyat yuritib keladi. “Pomidor dalalarida fitosanitar monitoring va patogenlarni ekspress aniqlashda molekulyar-genetik va bioinformatsion texnologiyalarni takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Pomidor O’zbekistonda keng yetishtiriladigan muhim sabzavot ekinlaridan biri bo’lib, uning hosildorligi va sifatiga fitopatogen zamburug’lar, bakteriyalar va viruslar jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Dalalarda kasallik qo’zg’atuvchilarini erta va aniq aniqlash ekinni himoya qilish choralarini o’z vaqtida qo’llash hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda patogenlarni ekspress aniqlashning molekulyar-genetik usullari va bioinformatsion tahlil vositalarini fitosanitar monitoring jarayoniga joriy etish nazarda tutilgan. 1 ta maqola va 1 ta tezis muallifi. 1 ta o’quv-uslubiy qo’llanma nashr etilgan. |
||
![]() |
Biotexnologiya kafedrasi haqida Genetika ilmiy maktabining tarixi “Genetika, seleksiya va darvinizm” kafedrasining tashkil etilishidan boshlangan. Kafedra 1948-yilda tashkil etilgan bo‘lib, birinchi kafedra mudiri S.Z.Jalilov edi. Olim rahbarligidagi ilmiy jamoa tut ipak qurti genetikasi va seleksiyasini o‘rganish sohasida ko‘plab ilmiy ishlar olib borishgan. Bu ilmiy maktab faoliyati 1965-yildan professor P.K.Soldatov tomonidan davom ettirilgan. Bunda taniqli genetiklar, jumladan Novosibirskda yangi tashkil etilgan Fanlar akademiyasi Sitologiya va genetika institutining xodimi V. V. Xoxlovalarning hissasi katta. Fanlar Akademiyasi Sitologiya va genetika institutida boshqa genetiklar va ilg‘or o‘quv kurslari bilan aloqalar Samarqand davlat universitetida Genetika ilmiy jamoasining shakllanishiga hissa qo‘shdi, uzum radiasiya mutagenezi bo‘yicha sitogenetik yo‘nalish va tadqiqotlar olib borila boshlandi. SamDU Genetika, seleksiya va darvinizm kafedrasida P.K.Soldatov rahbarligida olimlar, jumladan, Z.V.Maxmudova, A.A.Azizov, Yu.V.Voinov, V.B.Epshteyn A.K.Aleksanyan, R.S. Gaybullayeva, N.I. Davidenkolar tadqiqot ishlari olib borishdi va dissertasiyalar himoya qilishdi. Ular atrof-muhitni ifloslantiruvchi antropogen omillarning, jumladan, pestitsidlarning mutagen ta’sirini o‘rganish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishdilar. Bu vaqtda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishi mutatsion va modifikasion o‘zgaruvchanlik muammolarining ilmiy asoslarini yaratishini qamrab olgan bo‘lib, bu borada olib borilgan ilmiy ishlar natijalari yoqlangan dissertasiyalarda o‘z ifodasini topgan. |
|
![]() |
O‘tgan asrning 80-90-yillarda kafedra qoshida S.V.Kan, F.Ismailov, I.Davronov va boshqalar ishtirokida genetik monitoring va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar jadal olib borildi. 1983-1986-yillarda professor P.K. Soldatov rahbarligida ilmiy jamoa Eksperimental metrologiya instituti bilan birgalikda «Paxtachilikda qo‘llaniladigan pestisidlar va mineral o‘g‘itlarning mutagen ta’sirini o‘rganish» mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha ilmiy ish olib borgan. Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari Bakalavr • Hujayra biologiyasi • Genetika • Biotexnologiya • Bioinformatika • Genomika asoslari • Biotexnologiyaga kirish |
|
![]() |
• Agrobiotexnologiya • Nanobiotexnologiya -Tibbiyot biotexnologiyasi -BJJ -BTU -Gen va hujayra muhandisligi -Oqsillar va fermentlar muxndisligi -Biostatistika -Evolyusion nazariya -Sanoat biotexnologiyasi -Sitologiya va genetika asoslari -Mikrob biotexnologiyasi |
|
![]() |
Magistratura -Biospesifiklik asoslari -Immunobiotexnologiya -Molekulyar biotexnologiya -Bioinformatika va genomika va asoslari -Nanobiotexnologiya -Zamonaviy genetika asoslari -Irsiyat va o‘zgaruvchanlik -Evolyutsion genetika -Biologik faol va dorivor moddalar olib biotexnologiyasi -Oqsillar va fermentlar muhandisligi |
Kafedra hayotidan fotolavhalar














