Biokimyo instituti xorijiy o'qituvchilari
![]() |
Yakovlev Roman Viktorovich Biologiya fanlari doktori (DSc), professor. 2023-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. Germaniyaning Myunxen shahridagi Tomas Vitt entomologiya muzeyi kapalaklar kollektsiyasining kuratori. Roman Yakovlev 2014-yilda “Qadimgi dunyo yog’ochxo’r kapalaklari sistematikasi va zoogeografiyasi (Lepidoptera: Cossidae)” mavzusida dissertatsiya himoya qilib, biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo’lgan. Olim 12 monografiya va 400 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 300 dan ortiq ilmiy maqolasi SCOPUS jurnallarida nashr etilgan. hirsh-index 17. Web of science jurnallarida 130 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan. Roman Yakovlev Sibir, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Kavkazorti, Afrika, Lotin Amerikasi bo'ylab 50 dan ortiq ekspeditsiyalarni tashkilotchisi bo’lgan. Ushbu ekspeditsiyalar natijasida to’plangan dunyodagi eng yirik Cossidae oilasi kolleksiyasiga ega. 2023-2025 yillarga mo’ljallangan «Janubiy Sibir va Markaziy Osiyo tog'larining endemik, mahalliy va invaziv bo’g’imoyoqli hayvonlari (Arthropoda): biologik xilma-xillikning noyob qaynoq nuqtasi genofondi» mavzusining loyiha rahbari. https://www.webofscience.com/wos/author/record/1946991 https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=23062370800 |
![]() |
Nazmutdinov Renat Ravilovich
Kimyo fanlari doktori (DSc), professor. 2025-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyatini 1983-yilda Qozon kimyo-texnologiya institutini (KXTI) tamomlaganidan so‘ng boshlagan. O‘sha yildan buyon KXTI va hozirgi Qozon milliy tadqiqot texnologiya universiteti (KNITU) bilan uzluksiz ilmiy va pedagogik faoliyat yuritib kelmoqda. Nazmutdinovning ilmiy tadqiqotlari kvant elektroximiyasi, elektron va proton o‘tish reaksiyalarining mikroskopik mexanizmlari, interfazaviy muhitlar, redoks-aktiv komplekslar, nanozarrachalar va ion suyuqliklar sohalariga yo‘naltirilgan. Uning rahbarligidagi ilmiy guruh tomonidan olib borilgan fundamental tadqiqotlar xalqaro miqyosda tan olingan va turli mamlakatlarda eksperimental izlanishlarga asos bo‘lgan. Renat Ravilovich – xalqaro miqyosda taniqli olim bo‘lib, Xalqaro elektroximik jamiyat (ISE) va Amerika kimyo jamiyatining (ACS) haqiqiy a’zosi hisoblanadi. U KNITU tarkibidagi ikki dissertatsiya kengashi, Neft, kimyo va nanotexnologiyalar instituti ilmiy kengashi, Kimyo texnologiyasi fakulteti kengashi a’zosi, shuningdek, Qozon shahrida faoliyat yuritayotgan nazariy kimyo bo‘yicha ilmiy seminar rahbari hisoblanadi. Uning pedagogik faoliyati ham yuqori baholanadi – u umumiy va noorganik kimyo, “Nanokimyo”, “Nanoqismlarda redoks jarayonlari: nazariya va kompyuter modellashtirish” kabi mutaxassislik fanlaridan rus va ingliz tillarida ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Shuningdek, mualliflik kvant kimyo kursini ishlab chiqqan va uni muvaffaqiyatli o‘qitib kelmoqda. Renat Nazmutdinovning ilmiy salohiyati va xalqaro ilmiy hamkorlikdagi faol ishtiroki bir qator xalqaro stipendiyalar bilan qo‘llab-quvvatlangan. Jumladan: DAAD, DFG, HPC-Europa++, OeAAD, shuningdek, Tatariston Respublikasining “Algarysh” granti sohibi. 1998–2001-yillar davomida ikki marta “Sorosovskiy dotsent” va “Sorosovskiy professor” unvonlariga sazovor bo‘lgan. Nazmutdinov Renat Ravilovich – zamonaviy kimyo fanining yetuk vakili, ilmiy kadrlar tayyorlash, zamonaviy ilmiy maktablar shakllantirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgan fidoiy olim va ustoz. https://pubs.rsc.org/en/content/articlehtml/2023/cs/d2cs00006g |
![]() |
Galyametdinov Yuriy Genadiyevich
Kimyo fanlari doktori (DSc), professor. 2019-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. Yuriy Galyametdinov 1997-yilda “Suyuq kristall metall komplekslarining sintezi va xossalari” mavzusida kimyo fanlari bo’yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo’lgan. Faoliyati davomida 27 darslik, 22 o’quv qo’llanma, 20 o’quv-uslubiy qo’llanma, 20 monografiya va 7 patent, 800 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. 400 dan ortiq ilmiy maqolasi SCOPUS jurnallarida nashr etilgan, hirsh-index 33. Web of science jurnallarida 200 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. https://www.researchgate.net/publication/369999972 https://www.researchgate.net/publication/348856219 https://ui.adsabs.harvard.edu/abs/2024AIPC.3244e0010I https://www.researchgate.net/publication/385961080 https://www.mdpi.com/2073-4360/17/1/28 https://www.researchgate.net/scientific-contributions https://chemistry-europe.onlinelibrary.wiley.com/doi/abs/10.1002/slct.20240200 https://ouci.dntb.gov.ua/en/works/7AJnJXa4/ https://www.researchgate.net/publication/380526338 https://www.researchgate.net/publication/381203568 https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0016236124004216 |
![]() |
Hojamberdiyev Mirabbos Ikromovich Janubiy Daniya universiteti professori Mirabbos Hojamberdiyev Samarqand davlat universitetining noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Olim 230 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi. SCOPUS dagi h-indeksi 46 va Google Scholardagi h-indeksi – 50.
|
![]() |
Hacali Necefoğlu Turkiya Kavkaz universiteti professori, kimyo fanlari doktori Necefoǧlu, Hacali. Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Dr. Necefoǧlu, Hacali faoliyati davomida 391 ilmiy ishlar mualifi. Jumladan 184 dan ortiq maqolasi SCOPUS jurnallarida nashr etilgan, h-indeks – 19. Web of science jurnallarida 191 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.
|
Omer Hazman Kimyo fanlari doktori, professor. 2021-yildan beri Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasida ishlab kelmoqda. Professor 2011-yilda ''Oral antidiyabetik dori, Sitagliptinning oksidant-antioksidant muvozanatiga ta'sirining eksperimental 2-tip diabet modeli yaratilgan kalamushlarda o'rganilishi'' mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shuningdek olim 20 dan ziyod xalqaro va respublika grant loyihalar g'olibi. Professor Omer Hazman O'simlik to'qimalaridan ajratib olingan bazi biofaol moddalarning rak hujayralarida antikarsinogen faolligi: Estrogen retseptor-α signal yo‘li orqali apoptoz chaqirish, yallig‘lanish va genotoksik faolligi tadqiqi mavzularida ilmiy faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 53 ga yaqin maqolasi e’lon qilingan. 2 ta xalqaro patentlar muallifi. Shuningdek, 40 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiya va simpoziumlarda tezislari bilan ishtirok etgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0167732225000133 https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2352492824027077 https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0141813024072507 https://link.springer.com/article/10.1007/s10570-024-06133-y https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S101060302400145X https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0141813023053461 https://link.springer.com/article/10.1007/s11356-024-33424-5 https://www.degruyter.com/document/doi/10.1515/znc-2024-0102/html https://www.degruyter.com/document/doi/10.1515/znc-2024-0102/html |
|
Ibrohim Erol Polimerlar kimyosi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. 2022-yildan beri Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasida ishlab kelmoqda. Ibrohim Erol 2002-yilda "1,2,3,4-tetrahidronaftalin, 1,3,3-metakrilat monomerlari va polimerlari bo'lgan Mezitil halqalari trisubstitue siklobutan ketoetil sintezi va xarakteristikasi" mavzusi bo‘yicha kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Ibrohim Erolning 84 ilmiy tadqiqot maqolalari Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan. H-indeks qiymati 18. Scopus bazasi nashrlarida 80 dan ortiq maqolalari chop etilgan. Milliy va xalqaro simpozium va konferensiyalarda 30 dan ortiq maqolalari bilan ishtirok etgan. Ibrohim Erol hozirgacha 24 tadqiqot loyihasini amalga oshirgan. 14 darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi. https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85135961930&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85139238330&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85117053810&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85132188469&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85123798733&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85125421893&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85139208351&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85134168607&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85133292173&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85126867717&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85126199575&origin=resultslist&sort=plf-f |
|
![]() |
Muhammad Zafar Biologiya fanalari falasafa doktori Muhammad Zafar 2022 yildan boshlab Sharof rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Botanika kafedrasi professor lavozimida (tashqi o’rindosh) ishlab kelmoqda. Kafedra professor – o’qituvchilari bilan hammualliflikda 30 ziyod Scopus va Web of science bazasidagi jurnallarida ilmiy maqolalar chop etib kelmoqda. Biologiya fanalari falasafa doktori (PhD) 2011-yildan Islomobod-Pokistondagi Quaid-I-Azam universitetida faoliyat yuritadi. Hozirda u Pokistonning Islomobod shahridagi Quaid-i-Azam universitetining Gerbariysida va Botanika kafedrasida professor lavozimida ishlamoqda. U dorivor o'simliklar, o'simliklarning biologik xilma-xilligi va o'simliklar tizimliligi va taksonomiyasi sohasida taniqli faol olimdir. 450 dan ziyod ilmiy asarlar muallifi, shulardan 306 ta ilmiy maqolalar, 11 ta xalqora darslik va o’quv qo’llanmalar bo’lib hisoblanadi. Olim rahbarligida 13 ta PhD yoqlagan. 400 dan ortiq ilmiy maqolasi Scopus jurnallarida nashr etilgan. hirsh-index 46. Web of science jurnallarida 250 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. 2021-2024 yillar davomida “Heavy metal accumulation, health risk assessment and plant adaptation strategies in wild vegetable and fruit species of Muzaffarabad Division Azad Kashmir” mavzusidagi loyiha rahbari.
|
![]() |
Dragana D. Ranđelović ekologik muhofaza sohasida faoliyat yurituvchi ko‘p tarmoqli tadqiqotchi bo‘lib, asosan degradatsiyaga uchragan yerlarni ekologik tiklash va rekultivatsiya qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. U o‘z tadqiqotlarida geobotanik va biogeokimyoviy yondashuvlardan foydalanadi. So‘nggi yillarda uning ilmiy qiziqishlari iqlim o‘zgarishlarining tosh-tuproq-o‘simlik tizimiga ta’siri, ekologik tiklanish uchun o‘simlik turlarini tanlashda fiziologik yondashuvlar, shuningdek, o‘simlik biomassasini funksional materiallarga aylantirish masalalariga qaratilgan. U 2019-yildan beri Belgrad shahridagi Yadro va boshqa foydali qazilmalarni qayta ishlash texnologiyasi institutida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. Dragana Ranđelović – Global Ekologik Tiklanish Jamiyati va Serbiya Tuproqshunoslik Jamiyati a’zosi. U 2 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta xalqaro monografiya hammuallifi hamda 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Shuningdek, u milliy va xalqaro ilmiy-amaliy loyihalarda faol ishtirok etib kelgan. Hirsh indeksi: 9. |
![]() |
Marko S. Sabovljevic
2006-yildan beri Serbiyaning Belgrad davlat universiteti Biologiya fakulteti Botanika institutida faoliyat yuritib keladi. Hozirda u mazkur institutning Botanika kafedrasida professor lavozimida ishlamoqda. Olimning ilmiy tadqiqotlari asosan molekulyar ekologiya, biogeografiya, o‘simliklar ekologiyasi, bioxilma-xillikni saqlash, briofitlar biologiyasi va biotexnologiyasi hamda ularning muammolariga qaratilgan. U Janubi-Sharqiy Yevropa Briologik assotsiatsiyasining asoschisi va rahbari, shuningdek, ko‘plab ilmiy jamiyatlar va ishchi guruhlarning faol a’zosi hisoblanadi. Bugungi kunda 90 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallarda sharhlovchi, 15 dan ortiq ilmiy jurnallarning tahririyat hay’ati a’zosi. Shu kungacha 580 dan ortiq ilmiy maqola (Scopus, Web of Science), 10 dan ortiq darslik muallifi hisoblanadi. Hirsh indeksi — 30. |
![]() |
Mushtaq Axmad
Quvayt-A-Azam universitetining (Quaid-i-Azam University) o’simlik fanlari kafedrasi professori. Botanika bog’i va gerbariy fondi direktori. 50 ga yaqin xalqaro kitoblar va 475 ga yaqin maqolalar muallifi. 35 PhD va 65 magistr talabalariga ilmiy rahbarlik qilgan. 20 dan ortiq xalqaro va mahalliy loyihalarda (grand) muvaffaqqiyatli ishlagan va rahbarlik qilgan. Google Scolorda h-indexs: 65 (iqtiboslar – 15821), Scopusda h-indexs: 62, Web of Sceinsda h-indexs: 44. |
![]() |
Litvinova Yekaterina Anatolyevna
Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2023-yildan beri Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Yekaterina Anatolyevna 2004-yilda “Модификация поведения и хемосигналов у самцов мышей (Mus musculus) лабораторной линии ICR и джунгарских хомячков (Phodopus sungorus) при активации специфического иммунитета” mavzusi bo’yicha biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan. 2 o’quv qo’llanma, 120 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi sanaladi. 45 ga yaqin maqolasi SCOPUS jurnallarida nashr etilgan, hirsh-index 10. Web of Science jurnallarida 20 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan, shulardan 18 tasi Q1 da va 4 tasi Q2 jurnallarida chop etilgan https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=7005626124 |