Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi
Organik sintez va biorganik kimyo kafedrasi mudiri
Tuxtayev Davlat Bobomurodovich
- Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +998973917833
- Elektron pochta: tukhtaevuz@gmail.com
Biografiya
2003-2007 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
2007-2009 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti
2009-20012 yy. - SamQI qoshidagi Akademik litseyi katta oʻqituvchisi
2012-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti «Organik va noorganik kimyo» kafedrasi kichik ilmiy xodim-izlanuvchisi
2013-2014 yy. - Samarqand davlat universiteti «Organik va noorganik kimyo» kafedrasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi
2015-2016 yy. - Samarqand davlat universiteti «Organik va noorganik kimyo» kafedrasi katta laboranti
2016-2018 yy. - Samarqand davlat universiteti «Organik va noorganik kimyo» kafedrasi assistenti
2018-2021 yy. - Samarqand davlat universiteti «Organik sintez va bioorganik kimyo» kafedrasi assistenti
2021-2022 yy. - Samarqand davlat universiteti «Organik sintez va bioorganik kimyo» kafedrasi dotsenti
2022 yildan – Samarqand davlat universiteti “Organik sintez va bioorganik kimyo” kafedrasi mudiri
Kafedra haqida
1933 Yilda kimyo fakulteti tashkil qilinadi. Ikki yil o‘tgandan keyin unda kimyo ilmiy tekshirish instituti ish boshladi.
Uning laboratoriyalarida kimyo fanining 4 ta muhim bo‘limlari: organik, analitik, fizikaviy va kolloid kimyolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi.
Organik kimyo bo‘yicha ilmiy izlanishlarni 1920 yillarda professor L.N. Parfentev boshlab bergan.
1933-1941 yillar davrida sintez sohasida, ayrim fosfororganik birikmalarning xossalari (L.N. Parfentev, M.X. Shodiev, A.A.Shamshurin), natriyorganik (S.P. Lagerev, A.N. Bin), olefinlar (K.M. Shodmonov) va ularning hosilalari (A.A. Shamshurin, R.A.Ibodulin) ga oid tadqiqotlar olib borilgan.
Zarafshon vodiysidagi o‘simliklar resurslari to‘g‘risda qilingan ilmiy tadqiqot ishlari juda muhim o‘rin egallaydi (M.M.Abramov, S.M.Strepkov) o‘simliklar moddalari kimyosi sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlardan prof. G.V. Lazurevskiy (keyinchalik Moldova Respublikasining akademigi) va akademik O.S. Sodiqovlar bo‘lib, O‘rta Osiyo respublikalaridagi o‘simliklar xomashyosi alkaloidlarini o‘rganishga dastlab asos soladilar.
Organik kimyo kafedrasining gullab yashnashiga O’zRFA akademigi O.S. Sodiqovning shogirdi 1964-ilda SamDU da ish fa’oliyatini boshlagan prof. Y.V. Kurbatovning xizmatlari beqiyosdir. Uning rahbarligida ass. E.V. Sukervanik, dots. Sh.V. Abdullayev, A.S. Kurbanova, dots. F.M. Saidova, dots. E.O. Oripov, dots O.S. Bajenova, M.A. Solixova, dots. A. Sattiqulov, dots. D.A. Toʻrayeva, dots. M.J. Alimova, ass. S.M. Babajonova, ass. Q.O. Zoxidov, katta laborant S.N. Kasimovlar biofaol geterostiklik birikmalar sintezi va ularning modifikatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan. Piridin, xinolin, izoxinolin, pirimidin, xonozolinlar hamda flavonoidlar kimyosi soxasida juda katta yutuqlarni qo’lga kiritishdi. Kafedrada bitta doktrlik va 10 dan ziyod nomzodlik disertatsiyalari yoqlandi. Prof Y.V.Kurbatovdan keyin kafedrani uzoq yillar davomida dots. D.A. To’rayeva boshqardi. Undan keyin dots. M.J. Alimova, dots. Z.U. Samarov, S.U. Tillayevlar, xozirda esa dots. D.B. Tuxtayev boshqarib kelmoqda.
“Organik sintez va bioorganik kimyo” kafedrasi bir necha yillar Tabiiy fanlar fakulteti tarkibida, keyinchalik Biologiya va kimyo fakulteti tarkibida “Organik va noorganik kimyo” kafedrasi maqomida faoliyat olib bordi, 2018-yil sentyabr oyidan boshlab Kimyo fakulteti qoshida “Organik va bioorganik kimyo” kafedrasi maqomida faoliyatini davom ettirgan boʻlsa, 2019 yildan boʻyon “Organik sintez va bioorganik kimyo” maqomida faoliyat koʻrsatmoqda.
“Organik sintez va bioorganik kimyo” kafedrasida «5140500-Kimyo», «5320400-Kimyoviy texnologiya» va «5320100-Materialshunoslik va yangi materiallar kimyosi» yo’nalishlari bo’yicha bakalavr, «70530101-Kimyo» mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.
“Organik sintez va bioorganik kimyo” kafedrasida 15 ta professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda, shulardan 3 ta fan doktori professorlar, 11 ta fan nomzodi va falsafa doktori dotsentlar va 1 ta assistent faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedraning bugungi kundagi ilmiy salohiyati 93 % ga teng.
Kafedrada 2020 yilga qadar “Ikkita geteroatom saqlagan geterohalqali biologik faol moddalar sintezi” mavzusida fundamental grant bo’yicha ilmiy ishlar olib borildi. Bu mavzu ikki yo’nalishda bo’lib trisiklik xinazolin-4-onlar sintezi va izoxinalin halqasi saqlagan birikmalar sintezi va kimyoviy o’zgarishlari deb nomlangan. Ayni vaqtda “Tabiiy birikmalar kimyosi” nomli ilmiy laboratoriyani tashkil etish jarayoni amalga oshmoqda. Universitet rektori, prof. R.I. Xalmuradovning tashshabuslari bilan tashkil etilayotgan “Tabiiy birikmalar kimyosi” ilmiy laboratoriyasiga kafedramiz professori, k.f.d. X.A. Bozorov mudir etib tayinlandi.
Kafedramizning professor-o’qituvchilar jamoasi O’zRFA S.Yu. Yunusov nomidagi “O’simlik moddalari kimyosi” instituti, O.S. Sodiqov nomidagi “Bioorganik kimyo” institutlari va Xitoy fanlar akademiyasi, Turkiyaning xorijdagi 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan o’zaro samarali hamkorlik o’rnatilgan.
Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari
- Organik kimyo
- Organik birikmalar tuzilish nazariyasi
- Koʻp halqali azotli geterotsiklik birikmalar kimyosi
- Bioorganik kimyo
- Biofaol birikmalar kimyosi
- Organik materiallar kimyosi
- Tibbiy kimyo
- Ilmiy tadqiqot metodalogiyasi