Kafedra mudiri

Xasanov Gafurjan Aknazarovich

Biografiya

1991 – 1996 yillar Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti talabasi;
1996 – 1999 yillar Urganch davlat universiteti “Funksiyalar nazariyasi” kafedrasi aspiranti;
1999 – 2001 yillar Urganch davlat universiteti “Funksiyalar nazariyasi” kafedrasi assistenti;
2001 – 2006 yillar Samarqand davlat universiteti “Matematik analiz” kafedrasi laboranti, assitenti;
2006 – 2015 yillar Samarqand davlat universiteti “Algebra va geometriya” kafedrasi assistenti, katta o’qituvchisi, dosenti;
2015 – 2019 yillar Samarqand davlat universiteti “Algebra va geometriya” kafedrasi mudiri;
2019 – 2020 yillar Samarqand davlat universiteti “Matematik analiz” kafedrasi doktaranti (DSc);
2020 – yildan Samarqand davlat universitetining “Matematik analiz” kafedrasi mudiri.

MATEMATIK ANALIZ KAFEDRASI TARIXI

Matematik analiz kafedrasi Samarqand davlat universitetida dastlab tashkil etilgan kafedralardan biri bo‘lib, u 1934 yilda tashkil qilingan. Birinchi kafedra mudiri dotsent V.P.Solov’ev bo’lgan. Ulug‘vatan urushigacha bu kafedrada M.S.Sobirov, R.I.Iskandarov, SH.T.Maqsudov, A.P.Mitryakov va boshqalar ishlagan.

1944 yilda universitet qayta tiklangandan keyin kafedraga 1945-1961 yillarda dotsent M.S.Sobirov mudirlik qilgan.

Kafedraga 1961-1966 yillarda dotsent X.A.Abdullaev, 1966-1972 yillarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi M.S.Sobirov, 1972-1984 yillarda dotsent A.N.Nazarov, 1984-1985 yillarda dotsent A.Mamatqulov, 1985-1994 yillarda dotsent U.E.Mamirovlar mudirlik qilgan.

1994-1996 yillarda mexanika-matematika fakultetining matematik analiz va funksiyalar nazariyasi kafedralari birlashtirilib, Funksiyalar nazariya va funksional analiz deb nomlanib uni professor S.N.Lakayev (hozirda akadenik) boshqargan.

1996 yildan matematik analiz kafedrasi qaytadan tashkil qilinib unga 2001 yilgacha dotsent U.E.Mamirov mudirlik qilgan.

2001-2020 yillarda professor I.A.Ikromov kafedrani boshqargan.

2020 yildan boshlab f-m.f-n. dots. G’.A.Xasanov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Turli yillarda kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishgan: Qabulov R., Ibragimova S.G., Qutmatov Sh., Mamashev S., Bubnov E.A., Ro‘ziev J., Nazarov A., Matniyazov B., Asrorov YA., Nurimov T., Hamroyev Q., Rabbimov A.S., Mamatqulov A., Soliev A., Ashurov R., Musaev A., G’oziyev A., Aymatov Q., Otaqulov S., Laqaev S.N. Abduqodirov E., Mamatqulov H., Ochilov P.I., Islomov I., Kornienko V.V., Begmatov A.H., Tursunqulov B.M., Muyasarov A., Sunnatov X.M., Boqiev Q., Pozdniyakova N.S. Mamatov SH.

Mudirlik lavozimlarida ishlagan har bir kafedra mudirining ish faoliyti davrida kafedra salohiyatini oshirishda, xorijiy universitetlar bilan aloqalar o’rnatish hamda yoshlarni ilmiy ishlarga yo’naltirishda munosib xizmatlari bor.

Jumladan, 1965 yildan hozirgi kungacha kafedra bitiruvchilaridan 10 dan ortiq fan doktori va 40 dan ziyodi nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilishgan va ular respublikamizdagi turli oliy o’quv yurtlarida yuqori lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Bundan tashqari kafedraning bitiruvchilari davlat boshqaruv tashkilotlarida, tuman xalq ta’limi mudiri, KHK va AL direktorlari, ichki ishlar xodimlari va umumta’lim maktab direktorlari vazifalarini bajarisjgan va bajarmoqdalar.

Kafedra qoshidagi maxsus kurslarni tinglagan va faoliyat ko’rsatib doktorlik dissertasiyalarini himoya qilganlar: B.Abdualimov, X.Xudoynazarov, B.Xo’jayorov, S.N.Laqayev, T.Safarov, A.X.Begmatov, V.V.Karnienko, I.A.Ikromov, A.A.Djalilov, Sh.G’.Qosimov, O’.Roziqov, J.I.Abdullayev, S.A.Imomqulov.

 

Kafedraning hozirgi kundagi tarkibi: f-m.f-n.dots. G.A.Xasanov kafedra mudiri, f-m.f-d. prof. Ikromov I.A., f-m.f-n. prof. Volkov Yu.S.(Rossiya), f-m.f-n. prof. G’oziyev A., f-m.f-n. dotsentlar: Absalamov T., Mardiyev R., Fayzullayeva B. Ashurova Z., Arzikulov A.U., Ne’matov A.B., Ibragomov A.M., Turaqulov D.D., falsafa doktorlari (PhD)lar: Usmonov S.E., Ishankulov F.T., Mamirov B.U., Muranov Sh., assistentlar: Mardonov J., Eshbekov R.U. kafedraning ilmiy salohiyati 89 foizni tashkil qiladi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayorlangan nomdor stependiantlar: Absalomov A.T. (akad. A.Otaxujaev nomidagi davlat stipendiya sovrindori), Jo‘raeva A.Yu. (Beruniy nomidagi davlat stipendiya sovrindori, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi), Qalandarova M. (Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi), Eshtemirova L.S. (Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi). Ibragimov Z. Prezident stipendianti sovrindori hamda Respublika bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlari tanlovida birinchi o‘rinni egallagan.

Kafedrada faoliyat yuritayotgan ilmiy to’garak va seminarlar:

Kafedrada 3 ta ilmiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda:

  1. Tebranuvchan integrallar nazariyasi
  2. Analitik funksiyalarning chegaraviy masalalari va singulyar integral tenglamalar
  3. Matematik analizni o‘qitish nazariyasi va metodikasi

Bugungi kunda “Maxsusliklar nazariyasi va uning tadbiqlari” nomli ilmiy seminar professor I.A.Ikromov rahbarligida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bu seminar qatnashchilaridan G’.A.Xasanov “Silliq fazali tebranuvchan integrallarning bahosi” mavzusida 2004 yilda, D.D.Turakulov “Qavariq gipersirtlarda mujassamlangan silliq o’lchovlar Fur’e almashtirishlarining baholari haqida” mavzusida 2010 yilda nomzodlik dissertasiyalarini muvoffaqiyatli himoya qilishdi.

A.R.Safarov “Tebranuvchan integrallarning tekis baholari va ularning tadbiqlari” mavzusida 2017 yilda, S.Usmonov “Yoyiluvchan gipersirtlar bilan bog’langan maksimal operatorlarning chegaralanganligi muammosi” mavzusida 2019 yilda, Sh.Muranov esa “So’ndiruvchi ko’paytuvchili tebranuvchan integralarning baholari” mavzusida 2020 yilda matematik analiz bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olishdi.

Shu bilan birgalikda kafedrada G’.A.Xasanov va A.Arziqulovlar rahbarligida “Matematik analizni o’qitish muamolari” nomli ilmiy metodik seminar muntazam faloyat yuritib kelmoqda.

Kafedra a’zolari tomonidan olib borilgan ilmiy hamkorlik ishlari: Kafedra bir qancha xorijiy va MDX davlatlarning OTM lar va ilmiy tekshirish institutlari bilan xamkorlik ishlarini olib bormoqda. Jumladan, ISTP (Italiya), Kiyel universiteti (Germaniya), Putra universiteti (Malayziya), Moskva davlat universiteti (МГУ), Novasibrsk davlat universiteti (НДУ), Novasibrskning S.L.Sobolev nomli matematika institutlari, A.Yassaviy nomidagi Xalqaro qazoq-turk universiteti(Qozog’iston respublikasi) bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Buning natijasi sifatida kafedra o’qituvchilaridan I.A.Ikromov (Italiya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya), R.Mardiyev (Fransiya), A.U.Arziqulov (Angliya, Turkiya), G’.A.Xasanov (Italiya, Malaziya), A.T.Absalamov (Italiya, AQSH) xorijiy davlatlarda ilmiy safarlarda bo’lganlar.

Kafedrada a’zolari quyidagi xalqaro va respublikamizning grantlari sovrindorlari bo‘lganlar: Prof. I.A.Ikromov. - Germaniyaning Kiel universitetining DFG (USB-486 raqamli) fondi granti (2001-2019 yillar), Italiyaning Triest shaxridagi xalqaro nazariy fizika markazi granti (2002-2003), O‘zbekiston Respublikasi O‘zFA FTKK fondi 70 – 06 2005 yil. I.A.Ikromov 2001 yildan hozirgi kunga qadar Germaniyaning Kiel universiteti professori D.Myuller bilan hamkorlikda DFG fondi granti asosida ilmiy ishlar olib bormoqda. U 1996-2004 va 2007-2013 yillarda Italiyaning Abdus Salam nomidagi xalqaro nazariy fizika ilmiy markazining a’zosi bo‘lgan. OT-F4-69 «Garmonik analiz, darajali geometriya va ularning matematik fizika masalalariga tatbiqlari» (2017, O‘zbekiston)

Prof.A.A.Djalilov. - Italiyaning Triest shaxridagi xalqaro nazariy fizika markazi granti (2002 yil), Germaniya DAAD ilmiy granti (2004 yil). Fransiya shaxrining Lill universiteti ilmiy granti (2005 yil), Angliyaning Qirolicha jamiyati ilmiy granti (2004-2006 yillar).

Kafedra qoshida magistratura, tayanch doktarantura (PhD), doktorantura (DSc) faoliyat ko’tsatib kelmoqda.

Kafedra professor - o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan darslik, o‘quv-qo‘llanma va monografiyalar:

  1. I.A.Ikromov “Tebranuvchan integrallar va ularning tatbiqlari” Samarqand 2003 yil o‘quv qullanma (magistrlar uchun)
  2. I.A.Ikromov, M. Kempe and D. Mueller. “Estimates for maximal functions and related problems of harmonic analysis associated to hypersurfaces in R3 . Acta mathematika, 204(2010), no. 2, 151-271. Печ. 120
  3. I.A.Ikromov, M. and D. Mueller. “Fourier Restriction for Hypersurfaces in three dimensions and Newton Polyhedra” Annals of Mathematics studies Number 194, Monograph. Princeton University, Press 2016, 258.
  4. Gaziyev A., Israilov I., Yaxshiboyev M.U. Funksiyalar va grafiklar, −T.: “Voris nashriyoti”, 2006. 464 b.
  5. Gaziyev A., Israilov I., Yaxshiboyev M.U. Matematik analizdan misol va masalalar, 1-qism, −T.: “Turon iqbol” nashriyoti, 2012. 480 b.
  6. Gaziyev A., Israilov I., Yaxshiboyev M.U. Matematik analizdan misol va masalalar, 2-qism, −T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2012 . 384 b.
  7. Gaziyev A., Israilov I., Yaxshiboyev M.U. Matematik analizdan misol va masalalar, 3-qism, −T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2012. 368 b.
  8. Gaziyev A., Israilov I., Yaxshiboyev M.U. Matematik analizdan misol va masalalar, 4-qism, −T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013. 368 b.
  9. Gaziyev A., Israilov I., Yaxshiboyev M.U. Matematik analizdan mustaqil ishlar, 1-qism. O’quv qo’llanma.-T. “Aloqachi” nashryot. 2018. 432 b.
  10. Gaziyev A., Israilov I., Yaxshiboyev M.U. Matematik analizdan mustaqil ishlar, 2-qism. O’quv qo’llanma, −T.: “Aloqachi” nashryot. 2018. 496 b.
  11. Gaziyev A., Israilov I., Jurayev U., Yaxshiboyev M. U., Fayzullayeva B.

Matematik tahlil I. 1-qism. Fiziklar uchun amaliy mashg’ulotlar. Samarqand: SamDU, 2020, 154 b.

  1. Gaziyev A., Israilov I., Jurayev U., Yaxshiboyev M. U., Fayzullayeva B.
  2. Matematik tahlil I. 2-qism. Fiziklar uchun amaliy mashg’ulotlar. Samarqand: SamDU, 2020, 154 b.
  3. Gaziyev A. Matematik analiz, 1-qism. Darslik. −Samarqand: SamDU. 2020, 424 b.
  4. Gaziyev A., Yaxshiboyev M.U. Matematik analiz, 2-qism. Darslik. −Samarqand: SamDU, 2020. 368 b.
  5. G’.A.Xasanov, T.E.Bo’riyev Analitik geometriya (fiziklar uchun amaliy mashg’ulot) (o‘quv qo‘llanma) 131 bet. Samarqand 2020 yil.

Kafedra professor-o’qituvchilarining taqdirlanishi: Kafedra professor-o’qituvchilarining xizmatlari davlatimiz miqiyosida ham munosib taqdirlangan. Shulardan dotsent A.G’oziyev “Mehnat faxriysi” (1987 yil), “Oliy ta’lim a’lochisi” (1988 yil), professor I.A.Ikromov va dotsent U.E.Mamirovlar “Mustaqillikning 25 yilligi” ko’krak nishoni sohibi bo’ldilar.

Universitet bo’yicha professor I.A.Ikromov 2015 yil “Yilning eng yaxshi tadqiqotchisi”, dotsent A.U.Arziqulov 2010 va 2015 yillarda “Yilning eng yaxshi pedagogi” tanlovlari g’olibi bo’lganlar.

Dotsent A.G’oziyevning o’quv qo’llanmasi 2016 yil “Yilning eng yaxshi o’quv qo’llanmasi” tanlovi g’olibi bo’lgan, 2017 yil esa dots. A.G’oziyevga yozgan darsliklari va monografiyalari uchun professorlik unvoni berildi.

Kafedra dars o’tadigan ta’lim yo’nalishlari: Kafedra professor-o’qituvchilari Matematika fakultetining “5130100 – matematika”, “5110100 – matematika va informatika”, “5130300 – Matematik injiniring”, “5140300 – Mexanika va matematik modellashtirish” ta’lim yo’nalishlariga, Raqamli texnologiyalar fakultetining “5130200 – Amaliy matematika”, “5330100 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” ta’lim yo’nalishlariga va Fizika fakultetining “5140200 – Fizika”, “5110200 – Fizika va astronomiya” ta’lim yo’nalishlariga hamda Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetining talabalariga dars o’tib kelmoqdalar.

Kafedra o’tadigan fanlar:

BAKALAVRIYAT:

  • Analiz asoslari
  • Matematik analiz
  • Analizning tanlangan boblari
  • Analizda asimptotik usullar
  • Parametrga bog’liq xosmas integrallar va ularning tadbiqlari

MAGISTRATURA

  • Matematik analizning qo’shimcha boblari
  • Analitik funksiyaning chegaraviy masalalari
  • Singulyar integral tenglamalar nazariyasi
  • Taqsimotlat nazariyasi
  • Tebranuvchan integral va ularning asimptotikasi
  • Maksimal operatorlar nazariyasi