Kafedra mudiri

Xamroqulova Shoxista Shamshidinovna

  •  Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
  •  Telefon: +99890 224-77-96
  •  Elektron pochta: shohista.0107@mail.ru

Biografiya

1983-yil 1-iyulda Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida tug`ilgan
2000-yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 8-umumiy o`rta ta`lim maktabini bitirgan
2001-2005-yillarda Samarqand davlat universiteti talabasi
2005-2007-yillarda Samarqand davlat universiteti magistranti
2007-2010-yillarda Samarqand davlat universiteti aspiranti  
2011-2015-yillarda Samarqand davlat universiteti «Umumiy tarix» kafedrasi o‘qituvchisi
2015-2018-yillarda Samarqand davlat universiteti «Jahon tarixi» kafedrasi o‘qituvchisi
2018-yildan Samarqand davlat universiteti «Jahon tarixi» kafedrasi mudiri

Jahon tarixi kafedrasi tarixidan

Jahon tarixi kafedrasi Samarqand davlat universitetining to‘ng‘ich kafedralaridan biri. U 1927-yilda tashkil etilgan Oliy pedagogika instituti tarkibidagi dastlabki 12 kafedraning biri, universitetimiz tengdoshi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1927-yildan kafedrani quyidagi professor-o’qituvchilar boshqardi:
1.    prof. Lyaskovskiy Sergey Antonovich (1927-1932)
2.    prof. S.V.Yushkov (1933-1934)
3.    dots. Abduvali Qodirov (1934-1935)
4.    prof. Favorskiy Vladimir Yevgenevich (1936-1939). 1938-yil sentabrdan kafedra ikkiga bo’lindi: 
I.    “Qadimgi va o’rta tarix” kafedrasi mudiri- S.G. Isakovich; 
II.    “Yangi tarix” kafedrasi mudiri- prof. Favorskiy V. E
5.    dots. A.Vohidov- “Yangi tarix” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi. (1940)
6.    1940-yilda ikki kafedra yana birlashib, “Umumiy tarix nomini oldi. ”prof. Jarinov (1941-1945)
7.    prof. Maksimovich G.A. (1946-1947)
8.    dots. Shatirov Ruben Marlenovich (1947-1949)
9.    dots. D.N.Lev (1949-1967)
10.    dots. K.H. Samiboev  (1967 - 1977)
11.    dots. Istam Narziqulov (1977-1979)
12.    dots. M.Artikov (1979-1985)
13.    dots. Sh.D.Pirimqulov  (1985-1988)  
14.    dots B. T. To’raqulov (1988-1990)
15.    prof.  Sh.D.Pirimqulov  (1990-2009)
16.    dots. B. T. To’raqulov (2009-2012)
17.    dots. M. M. Xoshimova (2012-2018)
18.    PhD. Sh.Sh. Hamroqulova (2018-yildan hozirgacha)

1971-yilda tarix fakulteti tarkibida arxeologiya kafedrasi tashkil etilishi munosabati bilan Umumiy tarix kafedrasining shu soha va qadimgi dunyo tarixi bilan shug‘ullanuvchi kadrlari o‘z o‘quv yuklamalari bilan yangi kafedraga o‘tkazildi. Bular orasida M.J. Jo‘raqulov, M.Ya. Abduraximova, R.R. Mukasheva va boshqalar bor edi.
K.H.Samiboyev mudirlik qilgan (1967-1977) davrda Umumiy tarix kafedrasi har tomonlama rivojlandi. 1967-yilda kafedrada 14 nafar professor – o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, ulardan yettitasi ilmiy darajali bo‘lgan.
Pirimqulov Sh.D. 1985-yildan boshlab «Umumiy tarix» kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 1991-yil mart oyida «1941-1946-yillarda polyak fuqarolari SSSRda» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
Kafedrani 2009-2012-yillarda dots. B.T.To‘raqulov boshqardi. 2012-yildan 2018-yilgacha  dots.M.M.Xashimova boshqardi. 2018-yildan bugungi kungacha Sh.Sh.Hamroqulova boshqarib kelmoqda. Kafedraning nomi 2015-yil sentyabrda «Jahon tarixi» deb nomlandi.  Hozirgi kunda kafedrada 9 shtat birligida tarix fanlari doktori, professor A. Ahmedov (o’rindoshlik asosida), fan nomzodlari, dotsentlar M.R.Raxmatullayev, M.M.Hoshimova va B.T.To‘raqulov, PhD Sh.Hamroqulova, PhD F.Rashidova, ilmiy ish olib borayotgan assistentlar H.U.Gadoyev, M.B.Yakubova, S.Sh.Pirimqulova, L.Elimov va X.Z. Davronov kabi xodimlar faoliyat olib bormoqda.
Kafedra doktorantlari Usarov Sirojiddin Raxmatullayevich “O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari o‘rtasida davlatlararo hamkorlikning shakllanishi va rivojlanishi tarixi (Indoneziya, Malayziya, Singapur misolida)” va F. Rayimov “Turkiston to’plami” materiallarida Turkiston tarixi, fani va madaniyati” mavzularida o’z tadqiqotlarini olib bormoqdalar.
Xalqaro hamkorlik: Kafedra tashkil etilgan kundan boshlab uning a’zolari chet davlatlar oliygohlariga muntazam ravishda ilmiy safarlarda bo‘lib kelmoqda. Bu an’ana hozirgi kunda ham davom etmoqda. 
-Kafedra assistenti Yakubova Muxtaram Bakaevna № 778-raqamli Germaniya safari bo‘yicha safar guvohnomasi asosida 2018-yil 5-oktabrdan 30-oktabriga qadar Germaniyaning Bamberg universitetida hamda Berlindagi Gumboldt universitetida stajirovka o‘tab keldi. Bundan tashqari professor Xayfeld Martinning “Yangi tarix” fani bo‘yicha, Aleksandr Vildening “Sharq mamlakatlarining Tarixiy geografiyasi” fani bo‘yicha, Roksane Xaa-Xiguchening “Eronning eng yangi tarixi” fani bo‘yicha, Birgitt Hoffmannning “Sharq mamlakatlarining madaniyati tarixi” fani bo‘yicha o‘tkazilgan dars mashg‘ulotlariga qatnashib yangi innovatsion texnologiyalar o‘rganildi. SamDU va Germaniyaning Bamberg, Berlin Gumboldt universitetlari bilan ilmiy aloqalar jonlandi. 
-Kafedra dotsenti B.T.To‘raqulov 2018-yil 5-noyabridan 2018-yilning 25-dekabriga qadar Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat universitetiga stajirovkaga yuborildi. 
-2018-yil 15-oktabrdan 17-oktabrga qadar kafedra dotsenti M.M.Xashimova Polshadagi Lyublin universitetida bo‘lgan «IT in Cultural Heritage Management» nomli xalqaro konferensiyasida “Researching the history of Poles deported to Uzbekistan on the example of the Samarkand State University” maqolasi bilan ishtirok etdi.
-Gollandiyaning Leyden universiteti “O‘rta sharq” fakultetidan kelgan ikki nafar talaba: Mette Monster va Aleksandra Neivegga kafedra professor-o‘qituvchilari 2018-yil 15-sentabrdan 15-dekabrga qadar ingliz tilida ta’lim berdi. 
Jahon tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan muntazam ravishda nufuzli xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr qilib kelmoqda. Xususan, joriy yilda 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma qilindi. 2020-yilda kafedra o‘qituvchilari tomonidan jami 33 ta ilmiy maqolalar va tezislar nashr qilindi. Shu jumladan, 15 ta ilmiy maqola OAK jurnallarida chop qilindi, 5 ta Scopus bazasidagi jurnalda ilmiy maqolalar nashr qildi.
Kafedraning bosh mavzusi: “Jahon mamlakatlari va xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tarixi”
Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlarda: M.R. Rahmatullaev “O‘zbekistoning madaniy taraqqiyoti muammolari tarixiy adabiyotlarda (XX asrning 60-80 yillari)”,  B. T. To’raqulov “Karl Libknextning inqilobiy faoliyatida parlament va parlamentdan tashqari kurash uslublarining qo’llanilishi”, Xashimova Mukaddas Muradxanovna "Migratsion jarayonlarning Markaziy Osiyo respublikalari tarixida tutgan o‘rni (XIX asr oxiri XX asr o‘rtalari)”, Sh.Hamroqulova “Qozog‘istondagi o‘zbeklarning Respublika fan va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi (1925-2015y.y.)”, F. Rashidova “Вклад зарубежных инвестисий в становление и развитие молого бизнэса и частного предпринимателства в Узбекистане (исторический подход)”,  Usarov Sirojiddin Raxmatullayevich “O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari o‘rtasida davlatlararo hamkorlikning shakllanishi va rivojlanishi tarixi (Indoneziya, Malayziya, Singapur misolida)”, Gadoyev Hamro Usanovich “XX asrning 20-50-yillarida Kavkaz xalqlarining Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari hududiga surgun qilinishi (balkarlar, qorachoylar, qalmiqlar va greklar misolida)”, Yakubova Muxtaram Bakayevna “Вклад неметскоязыchных исследователей в изуchении истории Сентралной Азии”, S. Pirimiqulova “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan bolalar masalasi”,  Elimov Lochin Shavkatovich “Yevropa renessansi davri tarixida Amir Temur roli” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavr

Magistratura