Kafedrasi mudiri

Xaydarov Xislat Kudratovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998946896438
  •  Elektron pochta: haydarov@rambler.ru

Biografiya

1988-1996 yillar Samarqand davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi laboranti;
1996-1998 yillar Samarqand davlvt universiteti Biologiya fakulteti assistenti;
1998-1999 yillar Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti dekan muovini lavozimi;
1999-2002 yillar Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti assistenti;
2001-2004 yillar O'zR FA Botanika Ilmiy Ishlab Chiqarish Markazi doktoranti;
2005-2006 yillar O'zR FA Botanika IIChM katta ilmiy xodimi;
2006-2011 yillar Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi dotsenti;
2011-2011 yillar Samarqand davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi mudiri vazifa bajaruvchi;
2011-2013 yillar Samarqand davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Botanika va o'simliklar fiziologiyasi kafedrasi dotsenti;
2013- yildan Samarqand davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi mudiri.

Botanika kafedrasi tarixiy klassik kafedralardan bo‘lib, 1927 yilda O‘zbekiston davlat universiteti (hozirgi Samarqand davlat universiteti) tashkil etilgan paytdan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelgan. Botanika kafedrasida: Floristika, Xomashyoshunoslik, Dorivor o‘simliklarning o‘stirish texnologiyasi va introduksiyasi yo’nalishlarida faoliyat olib borilmoqda. Kafedrada malakali kadrlar, yirik olimlarning yetishib chiqishida va kafedraning ilmiy strategiyasining yaratilish zaminida akad. Q.Z. Zokirov, akad. J.K. Saidov, prof. N.A. Merkulovich, prof. M.G. Popov, prof. Ye.G. Proskoryakov, prof. J.T.Qobulov, prof. M.I. Ikromov va N.A. Amirxanov olimlarning hissasi benihoyat katta.
Hozirgi kunda botanika kafedrasida 11 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Shulardan 1 ta fan doktori-professor, 9 nafar fan nomzodlari, dotsentlar va katta o’qituvchilardir.
Kafedra qoshida oranjereya mavjud bo‘lib, 1970–1971 yillarda qurilgan. Unda 250 turdagi xilma-xil tropik va subtropik manzarali o‘simliklar navlarining kolleksiyasi to‘plangan. Shuningdek, oranjeriyada “Gulchilik” to‘garagi mavjud bo‘lib, unda talabalar ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borishadi.
Kafedra qoshida oltin fond Gerbariy kolleksiyasi ham mavjud, ushbu gerbariylar to‘plami miqdori va ahamiyatini e’tiborga olgan holda O‘zR FA qoshidagi Botanika institutining gerbariy fondidan keyin Respublikamizda ikkinchi o‘rinda turadi. Gerbariylar kafedra tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, 1900 yillardan asosan Zarafshon vodiysi va O‘rta Osiyo hududidan kafedra olimlari - ustozlari tomonidan yig‘ilgan. Hozirda, gerbariy ma’lumotlarining informatsion kompyuter bazasida raqamli elektron katalogini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.
1927-2020 yillar davomida Botanika kafedrasida 2 ta akademik, 16 ta fan doktorlari, 42 ta fan nomzodlari yetishib chiqqan. Kafedra olimlari tomonidan 8 ta darslik, 42 ta monografiya 100 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalaryaratilgan. 

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari