- oliy ta’lim jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab qisman, joriy o‘quv yilidan boshlab to‘liq kredit-modul tizimiga o‘tkazildi. Asos sifatida Yevropaning ECTS (European Credit Transfer and Accumulation System) tizimi qabul qilindi;

    - mazkur 2 ta standart – “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” va “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” 2021/2022 o‘quv yili boshlanguniga qadar YuNESKO tomonidan joriy etilgan “Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi” (TXSK 2011) hamda “TXSK: Ta’lim va kasbiy tayyorlash sohalari” (TXSK-S 2013) asosida qayta ishlab chiqildi, tasdiqlandi va Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;

    - o‘quv reja va o‘quv dasturlar tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi amaliyoti bekor qilindi. Oliy ta’lim muassasalariga akademik mustaqillik berilib, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab barcha o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi tartibi joriy etildi.

    - yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga mos ravishda OTMlar tomonidan 625 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 634 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejalar hamda 4,7 mingdan ziyod o‘quv dasturlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

    - ta’lim jarayoniga oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimini raqamlashtirish maqsadida Raqamli universitet loyihasi doirasida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” (HEMIS — Higher Education Management Information Systems) ishlab chiqildi. Ushbu axborot tizimi “Ma’muriy”, “O‘quv”, “Ilmiy” va “Moliyaviy” jarayonlarini boshqarish modullarini o‘z ichiga oladi.

    - 2021 yil 1 sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich oliy ta’lim muassasalarida joriy etish orqali:

✔️“O‘quv jarayoni” modulida guruh jurnali, dars jadvali, imtihonlar jadvallari, talabaning reyting daftarchasi, o‘zlashtirish qaydnomalari, davomat hisobotlari, diplom va akademik ma’lumotnomalar raqamlashtirildi;

✔️“Ma’muriy jarayoni” modulida oliy ta’lim muassasasi strukturasi, talabalar kontingenti va ularning harakati, professor-o‘qituvchilar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish hamda hisobotlarni tayyorlash raqamlashtirildi;

✔️“Ilmiy jarayon” modulida professor-o‘qituvchilarning ilmiy loyihalari, maqolalari va ilmiy-uslubiy nashrlari, ilmiy izlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda o‘qituvchilar va kafedralarning ilmiy reytingini baholash masalalari raqamlashtirilmoqda;

✔️“Moliyaviy jarayon” modulida talabalarning QR-kodli to‘lov-shartnomalarini shakllantirish, talabalarga elektron ko‘rinishda taqdim etish, shartnoma to‘lovlari monitoringini yuritish, talabalarga stipendiya belgilash to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizim orqali amalga oshiriladi. Moliya vazirligining “O‘zASBO” axborot tizimi bilan axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi;

    - 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘quv varaqasi, reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma, dars jadvali, davomat va o‘zlashtirishga oid ma’lumotlar, to‘lov-kontrakt shartnomalari raqamlashtirildi.

    Axborot tizimi asosida shakllantirilgan ma’lumotlar bazalari Moliya vazirligining “Yagona ijtimoiy himoya reestri”, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Yagona mehnat tizimi”, Soliq qo‘mitasining “Ijara” tizimi, Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar daftari”, Toshkent shahar hokimligining “Geoaxborot tizimi”, Xalq ta’lim vazirligining “attestat.edu.uz” tizimiga integratsiya qilish natijasida:

    ➖ Moliya vazirligi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ta’lim krediti berilayotgan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;

    ➖ Xalq ta’limi vazirligi bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirganligini monitoring qilish;

    ➖ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bitiruvchilarni ishga joylashish monitoringini yuritish;

    ➖ Soliq qo‘mitasining “Ijara” tizimi orqali ijara beruvchilar uchun talabalar bilan elektron shartnoma tuzish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ldi.

 

    Elektron hukumatning yagona idoralararo tarmog‘i bilan integratsiya qilish natijasida talabalarning o‘qish joyidan ma’lumotnoma so‘rash amaliyoti bekor qilindi.