Samarqand davlat universiteti
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti

smart agrotexnologiyalar kafedrasi mudiri

Mamasov Shavkat Alikulovich

mamasovshavkat1963@gmail.com

Texnika fanlari nomzodi, dotsent. SamDUda 2020-yildan buyon, smart agrotexnologiyalar kafedrasida 2026-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2005-yilda "Обоснование схемы и параметров поперечной устойчивости крутосклонного малогабаритного колесного трактора” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 4 ta patent, 3 darslik, 3 o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.

                                                                                         Smart agrotexnologiyalar  kafedrasi a’zolari

 

Nurmixamedov Buron Umarovich
 

Texnika fanlari nomzodi, dotsent. SamDUda 2020-yildan buyon, smart agrotexnologiyalar kafedrasida 2026-yildan buyon ishlab kelmoqda. 1993-yilda “Обоснование формы и параметров кожуха фрезерного почвообрабатывающего орудия для зоны хлопководства” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.  10 dan ortiq patent, 2 darslik, 2  o‘quv qo‘llanma va 2 monografiya muallifi. 50 dan ortiq maqolasi xalqaro va mahalliy jurnallarda e’lon qilingan.

Sadinov Safar Ibragimovich

Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent. SamDUda 2023-yildan buyon, smart agrotexnologiyalar kafedrasida 2026-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1990-yilda “Селекция односемянной кормовой свёклы в условиях Северо-Западной зоны РСФСР” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 darslik, 3 uslubiy qo’llanma muallifi. 40 dan ortiq maqolasi xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan.

 

Amirov Xamidulla Suyunovich

Qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2020-yilda “Zarafshon vodiysi yangidan sug’oriladigan yerlarida qovun navlarini o’stirish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan.

2019-yil qovunning “Novotkalla” navini yaratishda patent hammuallifi. 1 dasrlik, 1 monografiya, 2 tavsiyanoma, 1 o‘quv qo‘llanma va 2 uslubiy qo‘llanmalar, 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqolasi e’lon qilingan. 

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338903015

https://doi.org/10.3389/fagro.2026.1765431

 

 

Raxmonova Xursheda Qurbonboyevna

Qishloq xo’jalik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). SamDUda 2020-yildan buyon, smart agrotexnologiyalar kafedrasida 2026-yildan buyon ishlab kelmoqda. 2024-yilda “Soyaning o`sishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish me`yorlarining ta`siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 o‘quv qo‘llanma, 30 dan ortiq xorijiy nufuzli jurnallarda hamda mahalliy jurnallarda maqolalar chop ettirgan.

 

 

Aliboyev Sherzod Abduraxmanovich

Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida 2023-yildan buyon, smart agrotexnologiyalar kafedrasida 2026-yildan buyon ishlab kelmoqda.  Hozirda “O‘zbekiston arid mintaqasida Ferula foetida (Bunge) Regel o‘simligini madaniylashtirishning agrotexnik asoslari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Faoliyati davomida 2uslubiy ko‘rsatma, 2  o‘quv qo‘llanma va 2 tavsiyanoma, 20 dan ortiq maqolasi xalqaro va mahalliy jurnallarda e’lon qilingan.

Abdubakir Qo'shboqov Usmon O'g'li

Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida 2026-yildan buyon ishlab kelmoqda.  Vengriyaning Szeged universitetida “Stipendium Hungaricum” stipendiyasi asosida tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy tadqiqotlari yaylovlar va o'simliklar ekologiyasi, yaylovlar degradatsiyasi, tuproq urug'lik banki va ularning yaylovlarning tabiiy tiklanishidagi o'rni yo‘nalishlariga qaratilgan. Doktorlik tadqiqoti “Yaylovlardagi urug'lik banki asosida yaylovlarning qayta tiklanish potensialini baholash" mavzusiga bag‘ishlangan. Shuningdek, Islandiyadagi “GRÓ Land Restoration Training Programme, Yevropaning Erasmus Youth Excange” programme, hamda Germaniyaning “Marion Donhoff Fellowship (Succow Foundation)” xalqaro dasturlarida ishtirok etgan. 20 dan ortiq maqolasi xalqaro jurnal va konferensiya to’plamlarida e’lon qilingan.

 

 

Tuvalov Doston To'lqin o'g'li                  

Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida 2024-yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Germaniyaning Rostock universitetida DAAD stipendiyasi asosida doktorantura tadqiqotini olib bormoqda. Ilmiy tadqiqotlari yaylovlar ekologiyasi, cho‘llanish, o‘simlik qoplami degradatsiyasi, masofaviy zondlash va geoaxborot tizimlari yo‘nalishlariga qaratilgan. Doktorlik tadqiqoti “O‘zbekiston qumli yaylovlari o‘simlik qoplamining transformatsiyasini ekologik baholash (Qizilqum cho‘li misolida)” mavzusiga bag‘ishlangan. Shuningdek, Islandiyadagi “GRÓ Land Restoration Training Programme” hamda Yaponiyaning “Sakura Science Program” xalqaro dasturlarida ishtirok etgan.

Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi haqida

Tuproqshunoslik kafedrasi 1953-yil Samarqand davlat universitetining biologiya va tuproqshunoslik fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedrada professorlar D. Kuguchkov, X. Xamdamov, dotsentlar S. Agisheva, G. Danov, S. Kigay va boshqa olimlar faoliyat ko‘rsatgan va ular tuproqshunoslik fanidagi bir qator dolzarb masalalarni yechish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Kafedradan yetishib chiqqan olimlar orasida O‘zbekiston tuproqshunoslik fani rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan O. Komilov, I. Boboxo‘jayev, O‘. Matkarimov kabi yirik olimlar bor.

1996-yilda Samarqand davlat universitetida tuproqshunoslik yo‘nalishi tuproqshunoslik va ekologiya fakulteti qoshida qayta tashkil etildi. Shundan so‘ng “Tuproqshunoslik” kafedrasi qayta tashkil etilib, unga dotsent O‘. Matkarimov, keyinchalik dotsent T. Ortiqov va Sh. Xoliqulov mudirlik qilgan. 2000-yildan boshlab fakultetlarni yiriklashtirish maqsadida tuproqshunoslik va ekologiya fakulteti biologiya fakultetiga birlashtirildi va tuproqshunoslik kafedrasi alohida mutaxassislik tayyorlovchi kafedra sifatida faoliyatini davom ettirdi.

 

2020-yil SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti tarkibida tuproqshunoslik va agrotexnologiya kafedrasi yangidan tashkil qilindi. Hozirgi kunda kafedra Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti qoshida faoliyat yuritmoqda.

Kafedrada bugungi kunda 2 nafar fan doktori,  2 nafar professor, 5 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 2 nafar PhD va 2 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Hozirgi paytda kafedra qoshida “Tuproqshunoslik”, “Agrotuproqshunoslik va agrofizika”, “Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik”, “O‘simlikshunoslik” ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura hamda “Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi”, “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura mavjud.

 

Kafedrada respublikamiz va chet el universitetlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ular qatoriga Moskva davlat universiteti, Moskva qishloq xo‘jalik akademiyasi, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Nijniy Novgorod qishloq xo‘jalik akademiyasi, Belgorod davlat universiteti, Italiyaning Bolonya universiteti, AQSH ning Nevada universiteti, Turkiyaning Anqara universiteti, Malayziyaning Pudra unversiteti kiradi.

Kafedrada  “Yosh agrotexnolog” va “Yosh Mexanizator” to‘garaklari faoliyat olib boradi.

Kafedra a’zolari bugungi kunda “Tuproq xossalari unumdorligini yaxshilash hamda ekinlar hosildorligini oshirishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari

Bakalavr

  • Tuproqshunoslik va agrokimyo
  • Tuproq kimyosi
  • Tuproq fizikasi
  • Tuproq bonitirovkasi va xaritalash
  • Tuproq mikrobiologiyasi
  • Agrobiotexnologiya
  • O‘simlikshunoslik
  • Dehqonchilik va melioratsiya
  • Melioratsiya va yer tuzish
  • Agrometeorologiya
  • Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
  • Meliorativ tuproqshunoslik va tuproq muxofazasi
  • Tuproq fizikasi va iqlimshunosligi
  • O‘rmon meterologiyasi
  • Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi
  • O‘simlikshunoslik va paxtachilik

 

 

Magistratura

  • Organik dehqonchilikda innovatsion texnologiyalar
  • Organik dehqonchilikda ekinlarni yetishtirish texnologiyasi
  • Organik dehqonchilikda yerdan samarali foydalanish
  • Organik dehqonchilikda oziq-ovqat xavfsizligi
  • Tuproqni himoyalovchi va resurs tejovchi qishloq xo‘jaligi amaliyoti
  • Eroziyashunoslik
  • Dorivor o‘simliklarning tabiiy resurslari va muhofazasi
  • Dorivor o’simliklarning bioekologik xususiyatlari
  • Ekinlarni yetishtirishning resurs tejovchi texnologiyalari
  • Dehqonchilikda tuproq unumdorligini boshqarish
  • Ekologik toza mahsulot yetishtirish
  • Dorivor o‘simliklarda ilmiy izlanish asoslar

 

 

Kafedra hayotidan fotolavhalar