Kafedra mudiri

 

vakant

 

  •  Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: 
  •  Elektron pochta:  

Biografiya

 

 

 

Kafedra haqida

Kafedra 2021 yilda tashkil etilgan bo`lib, u «Tabiiy va aniq fanlar» nomi bilan ataladi. Kafedrada 2021 yildan  prof. A.R. Axatov kafedra mudiri lavozimida  ishlab kelmoqda.

Kafedrada 2021 yilda Hindistonlik mutaxassis professor Christo Ananth va assistentlar Amonov A.X., Latipova D.A., Eshtemirov B., Asrorov D., Parmanov B.Z., Djamalova A.A., Kenjayev S.B., kabi professor-o’qituvchilar hamda texnik xodim Sayfullayev L.H. faoliyat olib borishgan. Ular tomonidan 2 ta monografiya, 2 ta o`quv qo`llanma, 42 ta ilmiy maqola va ma’ruza tezislari chop etilgan, 8 ta dasturiy mahsulot uchun mualliflik guvohnomalari olingan.

Kafedraning 2 nafar assitentlari B.Eshtemirov 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotlarni qayta ishlash” va D.Аsrorovlar 01.01.06 – “Аlgebra” ixtisoliklari boʼyicha stajor-tadqiqotchilik institutida tahsil olish uchun kirish imtixonlarini muvaffaqiyatli topshirishdi.

 Hozirgi kunda kafedraning yangilangan tarkibida assistentlar Jo’raqulov A.J. va Kenjayev S.S. lar ham faoliyat ko`rsatmoqdalar.

Kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan 2021-o’quv yilida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida olib borilgan «Разработка программного обеспечения 3D моделирования сосудов почек донора для трансплантации с использованием технологий искусственного интеллекта» mavzusidagi 2021-2023 yillarga moʼljallangan ilmiy tadqiqot loyihasida А.Аxatov ijrochi sifatida ishtirok etmoqda.

Kafedra mudiri А.R.Аxatov Oʼzbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali tadqiotchilari bilan hamkorlikda, kafedra assistenti B.Eshtemirov SamDU talabalari bilan xamkorlikda “Программа мобильного приложения для лингвокультурной интерференции и методы её устранения в речи”, ”Institutsional iqtisod" fanidan web platforma, “Ilmiy ishlar portfoliosini shakllantiruvchi portal”, “Sonli usullarda tenglamalarni "Nyuton" usulida yechish dasturiy platformasi” dasturiy taʼminotlarini yaratib, ularni SamDU, OʼzMU Jizzax filiali, Jizzax Politexnika institutlarinig oʼquv jarayonlarida muvfaqiyatli qoʼllanilib kelinmoqda.  

Tabiiy va aniq fanlar kafedrasi SamDUnig Moskva Stankin Dastgohozlik instituti, Shimoliy-Kavkaz universiteti, Tomsk federal Universiteti, Belgorod davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi), Xolon texnologiyalar instituti (Isroil) bilan hamkorlikda tashkil etilgan jami 6 ta qoʼshma taʼlim dasturlarining bakalavriat va magistratura oʼquv jarayonlarini amalga oshirishda kafedra mutaxassiligiga mansub fanlaridan mashgʼulotlarni oʼtib kelmoqda.

Hozirgi kunda Belorussiya davlat ilmiy-texnik universiteti bilan xamkorlik aloqalari oʼrnatilgan va 2022-2023 oʼquv yilidan boshlab amalga oshirish uchun “Biomeditsina injeneriyasi” magistratura mutaxassisligi boʼyicha oʼquv reja ishlab chiqilgan va tasdiqlanish bosqichida. Kafedra mudiri prof. А.R.Аxatov va assistent B.Parmonovlar BDITUning “Конструирование и производство приборов” kafedrasi professor-oʼqituvchilari bilan hammualifilikda 2 ta oʼquv uslubiy koʼrsatmalar tayorlashdi va nashr etishga topshirishdi.

Kafedrada faoliyat koʼrsatib kelayotgan xorijlik mutaxassis ishtirokida taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi boʼyicha quyidagi xorijiy taʼlim muassasalarida seminar-treninglar oʼtkazildi:

1. Christo Ananth Virtual International Intensive 3-day Short-term Training Programme on “Current Trends and Projections in Electrical, Electronics, Computer, Civil and Mathematical Engineering” between The Department of Electronics and Communication Engineering, St.Mother Theresa Engineering College, India & Research, Community Engagement & Technology Transfer Office, KIOT, Wollo University, Ethiopia, 11th May 2021-13th May 2021.

2. Christo Ananthyu One-day Faculty Development Programme on “Impact of Machine Learning during Current covid-20 Period”, The Department of Electronics and Communication Engineering, St.Mother Theresa Engineering College,India, 12th January 2021.

Kafedra professor-oʼqituvchilari Samarqand Davlat Universitetining Tabiiy va aniq fanlar kafedrasi “Determination” MChJ bilan 2021 yil 29 sentyabr № 48 xoʼjalik shartnomasi asosida “Samarqand yosh muhandislar maktabining uslubiy va qurilmaviy taʼminotini yaratish” mavzusida “Samarqand yosh muhandislar maktabi”ni tashkil etishda uslubiy va qurilmaviy taʼminotini yaratish, kursni amalga oshirishda ilmiy-metodik maslaxat (konsalting) berish boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarib kelmoqda.

Kafedrada “Yosh olimlar kengashi” tuzilgan boʼlib, uning tarkibida kafedraning 5 nafar assistent, 4 nafar magistrant va 10 nafar talabalari aʼzo boʼlgan. Kengashning nizomi va yillik rejasi ishlab chiqilgan. Kengash faoliyati natijasida kafedraning yosh olimlari tomonidan 2 ta halqaro konferentsiyalarda ishtirok etilgan, 2 ta xorijiy jurnallarida ilmiy maqolalar nashr etilgan. “Sunʼiy tafakkur tizimlarini loyihalash” mavzusida xaftasiga 2 marotaba oʼtkaziladigan seminar-treninglar kursi tashkil etilgan.

“Yosh olimlar kengashi” aʼzolari kafedra qoshidagi “Robototexnika asoslari” kasbga yoʼnaltirilgan oʼquv amaliy kurslar faoliyatida ishtirok etib kelgan. Kurs tinglovchilari Robototexnika boʼyicha III Umumrossiya «Roboforum» onlayn tanlov-koʼrgazmasida va Toshkent shaxrida oʼtkazilgan Ochiq Milliy Onlayn Olimpiadalarida ishtirok etib, sovrinli 2-oʼrinni egallab kelgan.