O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri

Mahmadiyev Shavkatjon Suyunqulovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +99891 551 16 23
  •  Elektron pochta: mahmadiyevsh@gmail.com

Biografiya

1982-1992-yy. – Kitob tumani Abdulla shoir nomli 24-o’rta maktab o‘quvchisi

1992-1997-yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

1997-1998-yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta laboranti

1998-1999-yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi stajyori

1999-2002-yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi aspiranti

2002-2020-yy. - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi

2020-yil 5-iyundan - Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri

O’zbek tilshunosligi kafedrasi

O’zbek tilshunosligi kafedrasi universitet bilan tengdosh kafedralardan biridir. O’zbek tilshunosligi kafedrasida Abdurauf Fitrat, Yevgeniy Polivanov, G’ozi Olim Yunusov, Ulug’ Tursunov, Abdurahmon Sulaymonov, Hamdam Berdiyorov, Rahmatulla Qo’ng’urov, Xudoyberdi Doniyorov, Abdujabbor Muxtorov, Vahob Egamov, Bozorboy O’rinboyev, Bekmurod Yo’ldoshev, Jo’raboy Hamdamov kabi yetakchi olimlar ishlashgan.

Kafedra a’zolari tomonidan shu paytgacha yaratilgan alohida nashrlar soni 100 dan ortadi. Ular orasida yirik hajmdagi monografiyalardan tortib, oliy ta’lim tizimida o’quv jarayonida foydalanishga mo’ljallangan darsliklar, o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar ham mavjud. Shu davr mobaynida kafedrada 200 ga yaqin fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlandi. Ular orasida fan arboblari, akademiklar, professorlar, dosentlar, xalq o’qituvchilari va murabbiylari bor.

Bugungi kunda O’zbek tilshunosligi kafedrasida 4 nafar fan doktori, professor (S.Karimov, U.Sanaqulov, J.Eltazarov, A.Pardayev), 5 nafar nafar fan nomzodlari, dosentlar (D.O’rinbayeva, R.Suvonova, A.G’afforov, Sh.Maxmadiyev, O.Yusupova), 6 nafar o’qituvchilar (Sh.Normo’minov, S.Umirova, D.Islomova, B.Xolmuxamedov, F.Nurmonov, M.Bobotoyev)lar  mehnat faoliyatini olib bormoqdalar. Ular kafedra bosh istiqbol rejasi bo’lgan “O’zbek tili lug’aviy va grammatik birliklarining funksional-pragmatik va kognitiv-uslubiy masalalari» (sinxron va diaxron aspekt)” mavzusi asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

O’zbek tilshunosligi kafedrasining ahil jamoasi Ulug’ Tursunov shakllantirgan Samarqand tilshunoslik maktabi an’analarini davom ettirib, talabalarga bilim berish, ularni har tomonlama bilimdon, komil inson, yetuk mutaxassis qilib tarbiyalash borasidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarini bugungi kunda ham sobitqadamlik bilan davom ettirmoqdalar. Kafedra a’zolari respublika, viloyat ilmiy-amaliy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etishda, jamoat topshiriqlarini uddalashda  ham faollik ko’rsatmoqdalar.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavriat ta’lim yo'nalishi o’quv rejasi

 

Magistratura mutaxassisligi o’quv rejasi